S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev


Qabul qiluvchi - nazoratlovchi punkt



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/249
tarix18.11.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#132991
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

Qabul qiluvchi - nazoratlovchi punkt
datchiklardan keladigan 
signallami qabul qilish va ishlashga, qo‘riqlash xodimlarini tovush 
va yorug‘lik signali yordamida trevoga signallari kelganligi, dat­
chiklar va shleyflar ishlashidagi nosozliklar xususida xabardor qi- 
lishga mo‘ljallangan.
Hozirda 
televizion kuzatuv tizimi
keng qo‘llanilmoqda. Bu ti- 
zim tarkibiga tungi vaqtda qo‘riqlanuvchi hududda kerakli yoritil- 
ganlik darajasini ta’minlovchi navbatchi yorituvchi vositalari ham 
kiradi. Kuzatish tizimi qo‘riqlanuvchi hudud va niyati buzuqlaming 
harakatini masofadan vizual nazoratlashga imkon beradi. Undan 
tashqari zamonaviy kuzatuv vositalarining imkoniyatlari niyati bu­
zuqning nazoratlanuvchi zonalarga suqilib kirishini aniqlash va qo‘- 
riqlash masalalarini hal eta oladi.
Avtonom qo'riqlash tizimining
ekspluatatsiyasi katta sarf - 
xarajatlami talab etadi. Shu sababli markazlashtirilgan qo‘riqlash 
tizimlari keng qo‘llaniladi. Ushbu tizimda niyati buzuqlami neytral- 
lashtirish masalasi bir necha tashkilotlar uchun umumiy hisoblanadi.
Markazlashtirilgan qo‘riqlashga misol tariqasida omonat bank 
filiallarini, kichik firmalami, xususiy uylami, dala hovlilami, xona- 
donlami qo‘riqlashni ko‘rsatish mumkin. Hududiy yonma - yon, 
masalan, bitta binoda joylashgan firmalar qo‘riqlashning umumiy 
bo‘linmasiga ega bo‘lishlari mumkin. Samarali markazlashtirilgan 
qo‘riqlashni ichki ishlar vazirligining qo'riqlash xizmati bo‘linmasi 
ta’minlaydi.
254


Trevoga signali kelishi bilan operator buyrug‘i bo‘yicha qo‘- 
riqlash obyektiga qurollangan xodimlar guruhi jo ‘natiladi. Qo‘riq- 
lash guruhining obyektga yetib kelish vaqti qat’iy belgilangan (5-7 
daqiqa). Ammo markazlashtirilgan qo‘riqlash tizimining reaksiya 
vaqti avtonom qo‘riqlash tizimiga qaraganda katta, ayniqsa, agar 
qo‘riqlanuvchi obyekt mobil qo‘riqlash guruhining mashinasi turgan 
joydan uzoqda bo‘lsa. Undan tashqari ushbu vaqt ba’zi hollarda no- 
joiz kattalashishi mumkin. Bunga misol tariqasida radioaloqaning 
buzilishini, yo‘llardagi tirbandlikni, tasodifiy yo‘l - transport hodisa- 
larini va h. ko‘rsatish mumkin. Ammo, markazlashtirilgan qo‘riq- 
lash tizimi tahdidlami, ayniqsa, qurolli hujumlami neytrallashda 
katta imkoniyatlarga ega.

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin