I BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGI TUSHUNCHASI VA
UNING VAZIFALARI
1.1. Milliy xavfsizlik tushunchasi
Hozirda 29-avgust 1997-yili qabul qilingan “0 ‘zbekiston Res-
publikasining milliy xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘-
risida” qonuni amalda. Ushbu qonunga asoslanib, milliy xavfsizlik
tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi deganda
0 ‘zbekiston Respublikasining suverenitetini ifodalovchi va hoki-
miyatning yagona manbai hisoblanuvchi ko‘p millatli xalqining
xavfsizligi tushuniladi.
Milliy xavfsizlikning, shartli ravishda, quyidagi tashkil
etuvchilarini ko‘rsatish mumkin:
- iqtisodiy xavfsizlik;
- ichki siyosiy xavfsizlik;
- ijtimoiy xavfsizlik;
- ma’naviy xavfsizlik;
- xalqaro xavfsizlik;
- axborot xavfsizligi;
- harbiy xavfsizlik;
- chegaraviy xavfsizlik;
- ekologik xavfsizlik.
Iqtisodiy xavfsizlik -
shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy
sohadagi hayotiy muhim manfaatlarining ichki va tashqi
tahdidlardan himoyalanganligi. Iqtisodiy xavfsizlikka binoan xalq
o‘zining iqtisodiy rivojlanish yo‘llari va shakllarini tashqaridan
aralashishsiz va bosimsiz mustaqil ravishda aniqlay oladi.
Ichki siyosiy xavfsizlik -
hokimiyat institutlarining barqarorligi
va samaradorligi, hokimiyat tuzilmalarining siyosiy jarayonlami
nazoratlash qobiliyati, aksariyat fuqarolar tomonidan madadlashga
erishish, jamiyatda siyosiy barqarorlikni ta’minlovchi, samarali
faoliyat yurituvchi nodavlat siyosiy institutlaming mavjudligi bilan
xarakterlanadi. Ichki siyosiy xavfsizlikka binoan siyosiy muno-
sabatlar sohasida qarama-qarshilik, siyosiy ekstremizmning omma-
viy tus olishi, hokimiyat bilan xalq orasida qarama-qarshilik
bo‘lmaydi. Fuqarolaming siyosiy ongi holati va jamiyatning siyosiy
madaniyati jamiyatning xavfsiz siyosiy rivojiga jiddiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Ijtimoiy xavfsizlik -
shaxs, oila va jamiyatning hayotiy muhim
manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanganligi.
Ijtimoiy xavfsizlikning obyekti - milliy va ijtimoiy siyosat tomo-
nidan tartibga solinuvchi xalq turmushi sifati va darajasini
ta’minlovchi ijtimoiy tizimning barcha asosiy elementlari. Ijtimoiy
rivojlanish strategiyasi, ulaming uzoqligiga, kambag‘allik dara-
jasiga, turmush darajasidagi mintaqaviy mutanosibligiga, ta’lim va
sog‘liqni saqlash sifatiga, jamiyatdagi ma’naviyat va madaniyatning
umumiy darajasiga va nihoyat, demografik muammolariga ta’siri
ma’lum.
M a ’naviy xavfsizlik -
bugungi kunda inson ma’naviyatiga
qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan
kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan
kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekia zararini hech narsa bilan
qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin. Ayniqsa,
ommaviy madaniyat degan niqob ostida ahloqiy buzuqlik va
zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak
bo‘lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha
ming yillik an’ana va qadriyatlarini, turmush tarzining ma’naviy
negizlariga bepisandlik, ulami qo‘porishga qaratilgan xatarli
tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi. Hozirgi vaqtda
axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy
qadriyatlami mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq
holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va
yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko‘pchilik butun jahonda
bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi
kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda.
Xalqaro xavfsizlik -
xalqaro munosabatlar nazariyasida xalqaro
xavfsizlik
deganda
dunyo
hamjamiyatining
barqarorligini
ta’minlovchi xalqaro munosabatlar holati tushuniladi. Boshqacha
aytganda, xalqaro xavfsizlik - xalqaro munosabatlar subyektlariga
urush xavfi yoki suveren hayotiga va mustaqil rivojiga tashqaridan
boshqa tajovuz xavfi bo‘lmagan holat. BMT Nizomiga binoan,
hozirda xalqaro tinchlikni saqlashga asosiy javobgar sifatida
Xavfsizlik Kengashi belgilangan. Faqat aynan ushbu Kengash
agressorga nisbatan sanksiya qo‘llash huquqiga ega.
Axborot xavfsizligi -
mamlakat madaniy mulkining, xo‘jalik
subyektlari va fuqarolar intellektual mulkining, davlat va kasbiy
sirga ega maxsus ma’lumotlaming ishonchli himoyalanganligi
holati.
Harbiy xavfsizlik -
harbiy siyosat 0 ‘zbekiston Respublikasi
harbiy doktrinasida ishlab chiqilgan nizomlarga asosan yuritiladi.
Harbiy doktrina - 0 ‘zbekiston Respublikasining harbiy xavfsiz-
ligining harbiy-siyosiy, harbiy-strategik va harbiy-iqtisodiy asosla-
rini belgilovchi rasmiy qarashlar majmui. Harbiy doktrinaning hu-
quqiy asosini 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlar
hamda harbiy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi 0 ‘zbekiston Res-
publikasining xalqaro shartnomalari tashkil etadi. 0 ‘zbekiston
Respublikasining harbiy xavfsizligini ta’minlashga rahbarlik Qurolli
Kuchlarning Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanuvchi 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
Chegaraviy xavfsizlik -
0 ‘zbekiston Respublikasi davlat
chegarasi va chegara oldi hududlarining himoyalanganlik holati.
Chegaraviy xavfsizlik shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligining juda
muhim tashkil etuvchilaridan bin hisoblanadi, chunki davlat
barqarorligi uning chegaralarining xavfsizligi bilan uzviy bog‘-
langan. Chegara xavfsizligini ta’minlash zaruriyati davlat chegarasi
va chegara oldi hududlarda yuzaga kelgan tahdidlar tizimiga
asoslangan.
Ekologik xavfsizlik.
Sivilizatsiyaning atrof - muhitga faol ta’si-
ri natijasida uning ifloslanishi yildan-yilga oshib bormoqda. Ushbu
salbiy ta’sir ayniqsa ekologik halokat joylarda, mineral resurslardan
va ishlab chiqarishning zararli chiqindilaridan oqilona foydala-
nilmaydigan joylarda kuchli bo‘ladi.
|