Simmetrik shifrlashning noqulayligi
- axborot almashinuvi
boshlanmasdan oldin barcha adresatlar bilan maxfiy kalitlar bilan
ayirboshlash zaruriyatidir. Simmetrik kriptotizimda maxfiy kalitni
aloqaning umumfoydalanuvchi kanallari
orqali uzatish mumkin
emas. Maxfiy kalit jo ‘natuvchiga va qabul qiluvchiga kalitlar
tarqatiluvchi himoyalangan kanallar orqali uzatilishi kerak.
Simmetrik shifrlash algoritmining ma’lumotlami abonentli
shifrlashda, ya’ni shifrlangan
axborotni abonentga, masalan, Inter
net orqali uzatishda amalga oshirilgan variantlari mavjud. Bunday
kriptografik tarmoqning barcha abonentlari uchun bitta kalitning
ishlatilishi xavfsizlik nuqtayi nazaridan nojoizdir.
Haqiqatan, kalit
obro‘sizlantirilganda (yo‘qotilganida, o‘g‘irlanganda) barcha abo-
nentlaming hujjat almashishi xavf ostida qoladi.
Bu holda kalit-
laming matritsasi (5.10-rasm) ishlatilishi mumkin.
1-abonent uchun kalitlar nabori
2-abonent uchun kalitlar nabori
3-abonent uchun kalitlar nabori
n-abonent
uchun kalitlar nabori
5.10-rasm. Kalitlar matritsasi.
Dostları ilə paylaş: