Agar oxirgi
T(m
) blok to‘liq bo‘lmasa, u 64 xonagacha nollar bilan
to‘ldiradi. Bu blok
T(m-
1) blok ishlanish natijasi bilan mod2
bo‘yicha jamlanadi va oddiy almashtirish algoritmining birinchi 16
iteratsiyalari bo‘yicha o‘zgartiriladi. Hosil bo‘lgan 64 xonali blok-
dan к bit uzunlikdagi so‘z ajratib olinadi va bu so‘z imitovstavka
hisoblanadi.
Imitovstavka shifrlangan axborotning oxiriga joylashtiriladi.
Bu axborot olingandan so‘ng, u rasshifrovka qilinadi. Rasshifrovka
qilingan axborot bo‘yicha imitovstavka aniqlanadi va olingani bilan
solishtiriladi. Agar imitovstavkalar mos kelmasa, rasshifrovka
qilingan axborot noto‘g‘ri deb hisoblanadi.
0 ‘zbekistonning m a ’lumotlarni shifrlash standarti
0 ‘z DSt
1105-2009 ma’lumotlarni shifrlash algoritmi diamatritsaviy fimk-
siyalami qo‘llagan holda 256 bit uzunlikdagi ma’lumotlar blokini
shifrmatnga o‘girish va shifrmatnni dastlabki matnga o‘girish uchun
256 yoki 512 bit uzunlikdagi kriptografik kalitlardan foydalanishga
mo‘ljallangan.
Ushbu standartda 0 ‘z DSt 1109 bo‘yicha atamalar hamda
quyidagi atamalar mos ta’riflari bilan qo‘llanilgan:
-
Dostları ilə paylaş: