5.4. Mamlakatimiz iqtisodiyotida pul-kredit sektorining о‘rni va
mohiyati
«Bank» tushunchasi qadimiy fransuzcha bang va banca sо‘zlaridan kelib
chiqqan bо‘lib, «sarrof kursisi, dо‘koni» degan ma’noni anglatadi. Bunday
tushuncha tarixchilarning taxminan 2000 yil muqaddam faoliyat kо‘rsatgan
bankirlar haqidagi ma’lumotlarida ham mavjud.
Pul munosabatlarining rivojlanishi banklarni yuzaga keltirgan. Bank
iqtisodiyot ishtirokchilarining pul yuzasidan bо‘lgan aloqalariga xizmat qiluvchi
59
institut (muassasa)dir. Pul bilan bog‘liq xizmatlarni kо‘rsatuvchi tashkilotlar kо‘p,
ammo ularning markazida banklar turadi. О‘zbekiston Respublikasining «Banklar
va bank faoliyati tо‘g‘risida»gi qonunida, bank nima, degan savolga quyidagicha
javob topish mumkin:
Bank - tijorat tashkiloti bо‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan faoliyat
turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir.
О‘zbekistondagi bank tizimi О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki,
aksiyadorlik-tijorat banklari va xususiy banklardan iboratdir. 2018 yil holatiga
kо‘ra О‘zbekiston Respublikasi bank tizimi 27 tijorat bankini о‘z ichiga oldi.
Banklar pul olamini harakatga keltiruvchi motor – yurak, pul bilan
bо‘ladigan hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Hamma pul tо‘lovlari (transfertlar)
banklar orqali о‘tadi. Banklar quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
- pul va qimmatli buyumlarni omonatga olib, saqlab beradi;
- pul bilan bо‘ladigan hisob-kitob opretsiyalarini, xususan, pul tо‘lash
ishlarini bajaradi;
- chet el valyutasini sotadi va sotib oladi;
- о‘z qо‘lidagi pulni qaytarish, foizlilik va muddatlilik sharti bilan unga
(muhtojlarga) qarz (ssuda)ga beradi, ya’ni, kredit bilan shug‘ullanadi;
- о‘z puliga aksiya sotib olib, uni boshqa sohaga joylashtiradi;
- biznes yuzasidan maslahat beradi va hokazo.
Bank ishi pul olamida bо‘ladigan biznesdir. Bank biznesi foyda topish
maqsadida yuritiladi.
Markaziy bankning monopollik mavqei uning mamlakatdagi pul va
pirovard natijada iqtisodiy barqarorlik uchun alohida javobgar ekanligi bilan
chambarchas bog‘liq.
О‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bosh maqsadi va asosiy
vazifalari quyidagilar:
“Markaziy banning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini
ta’minlashdan iborat.
Asosiy vazifalari:
60
Monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni
shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;
О‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil
etish va ta’minlash;
Banklar,kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash
hamda tartibga solish,banklar, kredituyushmalari, garovxonalarni nazorat qilish,
qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;
О‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta rezervlarini, shu
jumladan kelishuv bо‘yicha hukumat rezervlarini saqlash va tasarruf etish;
Davlat budjeti kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil
etishdan iboratdir”
*
Tijorat banklari Markaziy bankda о‘z qisqa muddatli va о‘rta muddatli
majburiyatlaridan muayyan foiz hajmida eng kam zaxira deb yuritiladigan foizsiz
omonatlarni saqlashga majbur.
Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat qilishda о‘zining mintaqaviy
bо‘linmalari orqali kredit muasasalaridan majburiy ravishda axborot, oylik hisobot
va yillik yakuniy balans ma’lumotlarini taqdim etish asosida qatnashadi.
Kredit muassasalarining bо‘ysinishiga qarab bank qonunchiligi hamda
kredit tizimining pastdan yuqoriga tomon tarkibiy to‘zilishiga muvofiq tarzda bank
tizimini ikki asosiy: bir bosqichli va ikki bosqichli turga ajratish mumkin.
Bir bosqichli bank tizimi doirasida barcha kredit muassasalari, jumladan,
Markaziy bank ham, yagona bosqichda turadi hamda mijozlarga kredit - hisob
xizmati kо‘rsatishda bir xil vazifalarni bajaradi.
Ikki bosqichli tizimda banklar о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlar bо‘yiga
(vertikal) va eniga (gorizontal) yо‘nalishlarida to‘zilishiga asoslanadi. Vertikal –
rahbarlik qiluvchi, boshqaruvchi markaz hisoblangan Markaziy bank bilan quyi
*
О‘zbekiston Respublikasining “О‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tо‘g‘risida”gi Qonuni, 3-
modda,1995yil. 21 dekabr / О‘zbekiston bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish bо‘yicha qonunchilik
hujjatlari tо‘plami.T.: О‘zbekiston, 2003., 8-.b.
61
bо‘g‘inlar – tijorat va ixtisoslashgan banklar о‘rtasidagi bо‘ysunish munosabatlari,
gorizontal-turli quyi bо‘g‘inlar о‘rtasidagi teng huquqli sheriklik munosabatlari
tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: |