5.5. Iqtisodiy о‘sishni va uni barqarorlashtirishni ta’minlashda pul-kredit
sektorining о‘rni
Pul-kredit siyosati deganda, tо‘liq bandlik sharoitida yalpi milliy mahsulotni
ishlab chiqarishga Inflyatsiyaaning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish
maqsadida muomaladagi pul miqdorini о‘zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar
tushuniladi. Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank
amalga oshiradi.Uning yordamida har qanday davlat mamlakatda iqtisodiy
barqarorlikni ta’minlash vazifasini hayotga tadbiq etadi.
Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari iqtisodiy
о‘sish, tо‘liq bandlikni, baholarning hamda tо‘lov balansining barqarorligini
ta’minlashdan iborat.
Bu maqsadlarga erishish uchun milliy valyutani muomaladagi pul massasi,
foiz stavkasi va milliy valyuta almashinuv kursining optimal kattaliklarini
ta’minlab turish zarur bо‘ladi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Markaziy
Bank qator vazifalardan foydalanadi.
Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib kо‘rsatiladi:
1. Hisob stavkasi;
2. Majburiy zaxiralar normasi;
3. Ochiq bozordagi operatsiyalar.
Markaziy bank ular yordamida pul yoki asosan bank depozitlari
kо‘rinishidagi pul massasiga yoki foiz stavkasiga ta’sir о‘tkazadi, taklifini
о‘zgartiradi va shular orqali pul-kredit muomalasini tartibga solib turadi.
Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan biri –majburiy bank zaxira
meyorini о‘zgartirish siyosatidir. Majburiy zaxiralar – bu, kredit maqsadlari uchun
ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir.. Zaxira normasi ikki asosiy
funksiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi va
62
kredit emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda
ushlab turishga majbur bо‘lgan zaxiralarning eng quyi normasini о‘rnatadi va shu
vosita yordamida ular kreditlash qobiliyatiga, imkoniyatiga ta’sir etadi. Bu meyor
qanchalik yuqori bо‘lsa, ortiqcha zaxiralar shunchalik kam va tijorat banklarining
kredit berish yо‘li bilan «pullarni barpo etish» qobiliyati past bо‘ladi. Ilk majburiy
zaxira normalari AQSH da 1865- yilda joriy qilingan edi. Agar Markaziy bank
majburiy bank zaxirasini kamaytirsa, ortiqcha bank zaxiralari ortadi, bu esa pul
taklifining multiplikatsion ortishiga olib keladi. Masalan, ushbu meyor 25 foiz
bо‘lsa, unda bankka qо‘yilgan 800 sо‘mdan 200 sо‘m majburiy bank meyorini
tashkil etadi. Bunda bank faqat 600 sо‘mni qarzga berishi mumkin bо‘ladi. Endi
faraz qilaylik, meyor 10 foizga tushiriladi, unda bank 720 sо‘mni qarzga berish
imkoniyatiga ega bо‘ladi va boshlang‘ich pul taklifini 720 sо‘mga oshiradi.
Majburiy bank zaxirasi meyorini kо‘tarish yordamida pul taklifini
kamaytiradi. Zero, bu banklarning ortiqcha bank zaxiralari qisqarishiga olib keladi.
Pul-kredit siyosatini о‘tkazishda bu vosita butun bank tizimining asoslariga ta’sir
etadi. Turli mamlakatlarda qо‘llanilayotgan majburiy zaxira normalari turlichadir.
Yuqori Inflyatsiyaa darajasi sharoitida Janubiy Koreyada bu norma – 100 foiz
bо‘lgan bо‘lsa, Italiyada – 25 foizni, Yaponiyada bor yо‘g‘i – 2.5 foizni tashkil
etadi.
О‘zbekiston Respublikasida majburiy zaxiralash normasi keyingi о‘n yil
davomida sezilarli darajada kamaydi (5.1-jadval).
Bunday pasayish pul multiplikator miqdorining kattalashishiga va albatta
iqtisodiyotda pul taklifining ko‘payishiga olib keladi.Tijorat banklari ortiqcha
rezervlarining ko‘payishi ularning aktiv operatsiyalarini ko‘paytiriadi va bu
iqtisodiyotning real sektori rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Pul kredit siyosati vositalari albatta alohida-alohida ishlatilishi shart emas.
Aksincha ko‘pincha bir necha vosita birdaniga qo‘llanilishi, ya’ni kompleks
siyosat o‘tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi.
63
5.1-jadval
Dostları ilə paylaş: |