O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi м. T. Asqarova



Yüklə 2,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/96
tarix18.11.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#133039
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
IQTISODIY O\'SISH

Tayanch sо‘z va iboralar 
Iqtisodiy о‘sish. Inklyuzivlik. Inklyuziv iqtisodiy о‘sish. Inklyuziv iqtisodiy 
о‘sishda statistik ma’lumotlar. Iqtisodiy о‘sish qonuniyati. Fanning predmeti va 
vazifalari. Fanni о‘zlashtirish bо‘yicha asosiy yо‘nalishlar. Iqtisodiy о‘sishga 
qaratilgan hukumatning huquqiy, meyoriy hujjatlarni va kо‘rsatkichlarni hamda 
ularning ijrosini ta’minlash nazorati. Iqtisodiy о‘sishni ifodalovchi modellar. 
I Bob bо‘yicha savollar 
1. Inklyuziv iqtisodiy о‘sish fanining predmeti nimadan iborat? 
2. Fanning kelib chiqish tarixini izohlang.
3. Inklyuziv iqtisodiy о‘sish fanining maqsadi nima? 
4. Inklyuziv iqtisodiy о‘sish fanini о‘qitishning vazifalari nimalardan iborat? 
5. Inklyuziv iqtisodiy о‘sish fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligini 
tushuntiring.


10 
II BOB.
IQTISODIY О‘SISHNING MAZMUNI, UNING TURLARI. 
INKLYUZIV IQTISODIY O‘SISHNING MOHIYATI 
Reja: 
2.1. Iqtisodiy o‘sish tushunchasi. 
2.2. Iqtisodiy o‘sishni hisoblash. 
2.3. Iqtisodiy o‘sish modellari. 
 
2.1. Iqtisodiy o‘sish tushunchasi 
Iqtisodiy o‘sish deganda, kishilarning talab-ehtiyojini qondirish uchun zarur 
bo‘lgan moddiy mahsulot va xizmatlarni, ya’ni barcha noz-ne’matlarni ishlab 
chiqarishning ko‘payib borishi tushuniladi. Iqtisodiy o‘sish nafaqat iste’mol 
buyumlari, balki ishlab chiqarish vositalari, ya’ni resurslarni ham ko‘plab ishlab 
chiqarishini anglatadi, chunki o‘sish jamiyat a’zolarining joriy iste’molini 
qondirish bilan cheklanmay, kelajakda ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali 
bo‘lg‘usi iste’molni qondirishni ham mo‘ljallaydi. Ishlab chiqarish faoliyati 
jamiyat hayotining birlamchi asosi bo‘lganligi uchun iqtisodiy o‘sish ijtimoiy 
taraqqiyot uchun moddiy zamin yaratib beradi. Jamiyatdagi chuqur va sifatli 
o‘zgarishlar iqtisodiy o‘sish sur’atlariga qarab yuz beradi. Hozirgi bosqichda 
jamiyat hayotidagi shiddatli o‘zgarishlar barqaror o‘sish natijasidir. Iqtisodiy o‘sish 
jamiyatdagi ishlab chiqarish hajmini yoki aholi jon boshiga yaratilgan mahsulotlar 
va xizmatlar hajmini ortib borishi bilan o‘lchanadi. Uni albatta real yalpi milliy 
mahsulot yoki real milliy daromadning ko‘payishi ifoda etadi. 
Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab 
chiqarish darajasini uzoq muddatli ko‘payishi tendensiyasini anglatadi. Iqtisodiy 
o‘sish jami taklifning o‘sishini yoki boshqacha aytganimizda, haqiqiy va potensial 
YaIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o‘sish muammosini o‘rganish 
natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi – cheklangan resurslardan 
samarali foydalanish muammosiga yechim topiladi.


11 
Demak, iqtisodiy o‘sish omillari va ular samaradorligini o‘rganish hamda 
tahlil qilish jamiyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir. 
Iqtisodiy o‘sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o‘sishi, shuningdek, 
jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlarning o‘sishini ham anglatadi.
Iqtisodiy o‘sish nazariyasi va modellarida YaIM o‘rniga SIM, YaMD, SMD 
ko‘rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy 
o‘sish daromadlarni qanday nisbatlarda iste’mol va investitsiyalarga bo‘linishiga 
bog‘liq deb qaraladi. Iqtisodiy o‘sish real kattaliklarda, qiyosiy baholarda 
o‘lchanadi.
Iste’mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning provard maqsadini va yashash 
darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar hajmining o‘zgarishi resurs 
imkoniyatlarining o‘sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi. 
Iste’mol va investitsiya o‘rtasida yetarlicha muqobillik mavjud, chunki, joriy 
iste’mol miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish 
iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini qisqartiradi. 
Xususan, bugungi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotgan 
bir paytda, O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sish manbalari va shart-sharoitlari 
sifatida quyidagilarni keltirib o‘tish joizdir: tabiiy resurslar; jamg‘arilgan jismoniy 
kapital; ishlab chiqarish va ilmiy-texnik salohiyat; inson kapitalining rivojlanish 
darajasi; tashqi iqtisodiy aloqalarning o‘sish darajasi (jahon iqtisodiyotiga 
integratsiyalashuvi darajasi) va boshqalar. 
Barqaror iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari yuqori qo‘shimcha qiymatga ega 
bo‘lgan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish salohiyati, zamonaviy xizmatlar 
turlari va qulay infrato‘zilmani, shuningdek qishloq xo‘jaligini optimal darajada 
o‘sishi hisoblanib, ularni mutanosib rivojlantirish pirovardida yashash sifatini 
doimiy oshirib borishga qaratilgan bo‘ladi. 
Har bir mamlakat iqtisodiy o‘sishga intiladi, chunki iqtisodiy o‘sish, 
birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga, ikkinchidan, 
resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi ehtiyojlar va 


12 
imkoniyatlarning paydo bo‘lishiga, to‘rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat 
obro‘sining oshishiga olib keladi. 

Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin