181
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga
qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida 2016- yilda tadbirkorlik
bilan shug’ullanayotgan subyektlar soni 32 mingtaga yaqinni tashkil etdi.
Shu o‘rinda biz mazkur sohaning mamlakatimiz hududlarida qanday
ahamiyaga ega ekanligini Toshkent shahri va viloyati misolida ko‘rib chiqamiz. 1-
jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning iqtisodiyot va uning tarmoqlaridagi ulushi ko‘rsatkichlarini
respublikamiz va Toshkent viloyati hamda Toshkent shahri darajasini solishtirsak,
YaiMdagi ulush 2016- yilda respublikamiz bo‘yicha 56,9 foizni, Toshkent
viloyatida 57,1 foizni, Toshkent shahrida esa 58,9 foizni tashkil etgan, ya’ni
poytaxt viloyatida va Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich respublika darajasidan
yuqoridir. Sanoat sohasiga keladigan bo‘lsak, bu ulush respublika bo‘yicha 45 foiz
bo‘lsada, Toshkent viloyatida bu ko‘rsatkich ancha past, Toshkent shahrida esa
71,4 foiz bo‘ldi. Bunday tendentsiya investitsiya sohasida ham saqlandi, aholi
bandligida butunlay boshqacha holatni kuzatishimiz mumkin, chunki respublika
bo‘yicha 78,1 foiz bo‘lsa, Toshkent viloyatida 76,8 foiz, Toshkent shahrida esa bor
yo‘ga’i 37,1 foizni tashkil etdi.
Dostları ilə paylaş: