Samarqand davlat universiteti «O„zbek folklori»



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/66
tarix18.11.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#133067
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66
@iBooks Bot o‘zbek folklori

qo`g`irchoqbozlar
yoki 
korfarmonlar
deb hritiladi. Ular sahna oldida, yo sahna 
ortida turib, qo`g`irchoqlarning o`zaro munosabatiga aralashadilar, aniqrog`i, 
ularni harakatga solib, o`zaro munosabatga kirishuvlarini ta`minlaydilar. Har bir 
qo`g`irchoqning ruhiyatiga, ko`rinishiga moslab ovoz beradilar, bunda ovozni 
turlantirish uchun tillari tagiga maxsus safil (kichkina plastinka moslama) qo`yib 
oladilar. Binobarin, qo`g`irchoqlarni jonlantirib, voqelik mantiqiga mutanosib 
harakatga omuxta ovozda so`zlash uchun korfarmon (qo`g`irchoqboz)larda alohida 
aktyorlik iste`dodi shakllangan bo`lmog`i zarur. Qolaversa, ularning o`z leksikasi 
mavjuddir. So`z ularning asosiy quroli hisoblanadi. Ular jonli xalq tilidan ustalik 
bilan foydalanib, qo`g`irchoq ijro etayotgan personajning individualligini 
ta`minlaydilar. 
Qo`g`irchoqbozlik san`ati sirlari esa o`tmishda avloddan-avlodga o`tishi 
uchun korfarmonlar o`z hunarlarini bolalariga o`tkazish asosida an`anaviylik kasb 
etgan. Buning uchun esa o`tmishda hrtimizda qo`g`irchoqbozlar alohida 
mahallalarda yashagan, hatto chetdan qiz ham olmagan va chetga qiz ham 
chiqarmay, o`z kasblarini farzandlariga o`rgatishgan. Faqat ko`rsatgan 
5
Umаr Хаyyom. 100 rubоiy. Dushаnbе: ―Irfоn‖,1984, s.38. 
6
Umаr Хаyyom. Rubоiylаr. T.,1981,13-b. 


tomoshalaridan tushgan daromad evaziga ro`zg`or tebratishgan. Buxoroda O`g`lon 
darvozasi mahallasida qo`g`irchoqboz va sozandalarning hzga yaqin oilasi 
yashagani ma`lum. Toshkentda ham Ko`kcha, Sebzor, Beshyog`och va 
SHayxontohur dahalarida qo`g`irchoqbozlar oilalari istiqomat qilishgan. 
Qo`g`irchoq teatri o`ziga xos o`yin-kulgi vositasi bo`lib, xalqning ijtimoiy-
maishiy turmush tarzi, axloq normalari, turli munosabatlarini satira va hmor orqali 
namoyish etish san`ati sanaladi. Qo`g`irchoq teatrining tarixiy-genetik ildizlari 
juda qadimga borib taqaladi. Uning ilk ildizlari ajdodlarimizning o`tmishdagi urf-
odatlari va marosimlariga bog`liq bo`lib, ibtidoiy insonning tabiat hodisalari oldida 
o`zini ojiz sezib, turli ma`budlarga sig`inishi, tabiiy ko`ringan hodisalarni ta`riflash 
maqsadida yasalgan ramziy shakllarga, totem sanalgan hayvonlar qiyofasini aks 
ettiruvchi niqoblarni kiyib ritual raqsga tushishi hodisalari pirovardida qo`g`irchoq 
teatri hzaga kela boshlagan. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, qo`g`irchoq 
teatrining paydo bo`lishi dunyodan o`tgan ajdodlarni teatrlashtirilgan holda yodga 
olish marosimi asosida hz bergan. Bu marosim qoidasiga ko`ra, marhumning eng 
yaqin kishisi uning niqobini kiyib, xuddi o`sha marhumga o`xshab va o`xshatib 
gapirgan, harakat qilgan. Keyinchalik esa, bu marosim o`zidagi urfiy belgilarini 
yo`qotib, oddiy tomoshaga aylana borgan, ibtidoiy-mifologik ishonchlarning 
kuchsizlanishi 
va 
yo`qola 
borishi 
natijasida 
mazkur 
ramziy 
shakllar 
qo`g`irchoqbozlar qo`liga o`tib, tanqidiy vazifani ado eta boshlashi tufayli 
qo`g`irchoq teatri shakllangan. Qo`g`irchoq teatrining mavzulari kengaya 
boshlashi oqibatida niqoblar arsenali ham turfalashib ko`paya borgan. XI-XII 
asrlarda O`rta Osiyoda qo`g`irchoq teatri juda tez rivojlangan. Temuriylar davriga 
kelib qo`g`irchoq teatri yanada gullab-yashnaganki, buni Alisher Navoiyning 
―Xamsa‖ asarida odamlar hayotini qo`g`irchoq teatriga o`xshatib ta`riflagani ham 
yaqqol tasdiqlaydi. Qolaversa, XY asrda yashagan Husayn voiz Koshifiy 
―Futuvvatnomai sultoniy yoxud juvonmardlik tariqati‖ asarining to`rtinchi fasli 
ikkinchi qismini maxsus ―Qo`g`irchoqbozlar bayonida‖gi sarlavha bilan xalq 
qo`g`irchoq teatrining tabiati va turlarini tavsiflashga bag`ishlangani bejiz emas.
Ayni zamonda qo`g`irchoq teatrining uch ichki turi keng taraqqiy etayotir: 
1. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin