namoyish qilgan. U, asosan, kunduzi o`ynalganligi sababli ―ro`z bozi‖ deb ham
atalgan.
Professor M.Qodirov ―CHodir jamol‖da 100dan ortiq qo`g`irchoq
qatnashganini ta`kidlab, ularni tubandagicha to`rt guruhga taqsimlab tasvirlaydi:
1.
Satirik personajlar
: rais, yasovul, sudxo`r, hoji kampir, tergovchi,
ko`knori, dalla-sovchi...
2.
Xalq tiplari
: o`zbek, rus, qozoq, yahudiy, turkman, Abram mujik va
Oyqiz SHura.
3.
San`at ahli
: sozanda, yallachi, masxaraboz, raqqosa, dorboz,
maymunboz, tosboz...
4.
Hayvonlar va afsonaviy maxluqlar
: yalmog`iz kampir, ajdaho, shayton,
Qoravoy it va boshqalar.
Bu personajlarning har biri betakror qiyofaga ega va xalq komediyasida
o`zigagina xos ijtimoiy-estetik vazifani bajarishlari tufayli asarning g`oyaviy-
badiiy maqsadini ochishga xizmat qilgan va tomoshabinlarga zavq va saboq
berishgan.
2.
“CHodir xayol” qo`g`irchoq teatri.
Buni hozir zamonaviylashtirib
marionetka teatri
deyiladi. ―CHodir xayol‖ teatrida qo`g`irchoqlar harakati iplar
yordamida amalga oshiriladi. Qora iplarga bog`langan qo`g`irchoqlar kechasi qora
parda fonida harakatlantirilgani uchun iplari ko`zga tashlanmaydi va
qo`g`irchoqlar go`yo o`zi harakatlanayotganday ko`ringani uchun tomoshabinlarda
katta qiziqish hamda estetik zavq uyg`otgan. Bu teatrda, asosan, ―Sarkardalar‖ xalq
komediyasi o`ynalgan.
―CHodir xayol‖da ham 100 ta qo`g`irchoq –personaj mavjud. P.A.Kamarov
kollektsiyasida shulardan 47 tasi mavjud, qolganlari esa hanuzgacha noma`lum.
―CHodir xayol‖ spektaklida voqea, asosan, xon saroyida kechadi. SHu
vajdan unda harbiylarni ifodalovchi qo`g`irchoq – personajlar ko`p. CHunonchi
yasovul, rus sarbozlari, xitoy sarbozlari va xalq komediyasining bosh qahramoni
Yo`ldosh yasovul shu silsilaga kiradi.
SHuni ta`kidlash joizki, ―CHodir xayol‖ spektaklida kamida 50 tacha
qo`g`irchoq ishtirok etganligi tufayli ularni ip bilan boshqarish zaruriyatga
aylangan. Bu tomosha, asosan, kechqurun o`ynalganligi tufayli ―shab bozi‖ deb
ham hritilgan.
3
Dostları ilə paylaş: