Ko`rgiligim ko`p deding, mayda-yo, mayda.
Galagov maydonida doni ajratilmagan bug`doy doira shaklida yoyib
qo`yiladi va doira markaziga yo`g`on yog`och ustun o`rnatilib, unga bir necha
ishchi hayvonlar: ot, ho`kiz, eshak kabilar bir-biriga yonma-yon matab bog`lanadi.
Mana shu matalib bog`langan hayvonlar to`dasi galagov deyiladi. Galagovga donni
bir tekis yanchishi uchun tut, qayrag`och kabi qattiq daraxt shoxlaridan to`qilgan
chokar bog`lab qo`yilgan.
G`allani o`rish va yanchish ishlari texnika yordamida amalga oshirila
boshlangach, mayda qo`shiqlari ham asta-sekin unutilib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: