Samarqand davlat universiteti «O„zbek folklori»



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/66
tarix18.11.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#133067
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66
@iBooks Bot o‘zbek folklori

Qadimgi miflar
. Porloq kelajakni orzu qilib, unga umid ko‘zi bilan boqqan 
uzoq o‘tmishdagi avlod-ajdodlarimiz kishilarning qudratli rivojini oldindan sezib, 
ularning qobiliyatini ideallashtirgan mifologik obrazlarni yaratgan. Ana shu 
mifologik obrazlarning ilk bor namunalari ko‘hna mif, afsonalarda naql etildi. 
Qadimgi davr fol‘klor namunalari ichida mifologik tasavvurlar asosida yaratilgan 
afsonalar va miflar alohida o‘rin tutadi. 
Mif grekcha so‘z bo‘lib, xudolar va pahlavonlar haqidagi to‘qima afsonadir. 
Mifologiya ibtidoiy insonning tabiatni bilishga intilishining natijasi hisoblanadi. 
Darhaqiqat, insonning tabiatga qarshi kurashdagi ojizligi uni noma`lum ko‘ringan 
hodisalarga javob topishga, qandaydir tushuncha va tasavvurlar yaratishga majbur 
etgan. Bo‘ron, zilzila, suv toshqini, sel kabi g‘ayri tabiiy ko‘ringan kuchlar 
dahshatidan talvasaga tushgan inson yovuz kuchlarga qarshi kurasha oluvchi 
homiy izlagan. Nihoyat, yaxshilik va yomonlik haqidagi mifologik tasavvurlar 
paydo bo‘lgan. 
Olam haqidagi ibtidoiy tasavvurlar ana shu tarzda yuzaga kelgan bo‘lib, u 
o‘z navbatida osmon, oy, quyosh hamda turli xil hayvonlar haqidagi xudolarni, 
g‘ayri tabiiy tasvirlangan pahlavonlar haqidagi miflarni hosil qildi. Mazkur miflar 
kishilarga ruhiy kuch, tetiklik va osoyishtalik baxsh etgan, nihoyat, insoniyatni 
g‘alabaga chorlagan. Qadimgi ertaklar, afsona, miflarning asosiy g‘oyasi qadimgi 
davrlardagi mehnat kishilarining yukini engillashtirishga, ishning unumini 
oshirishlariga, to‘rt oyoqli va ikki oyoqli dushmanlarga qarshi qurollanishlariga 
hamda so‘z kuchi – «avrash», «afsun» yo‘li bilan tabiatning kishilarga xatarli 
bo‘lgan hodisalariga ta`sir etishlariga qaratilgan. Ko‘rinadiki, mif zo‘r kuch va 
qudrat, osoyishta yashash hamda yovuz kuch ustidan g‘alaba qila olish haqidagi 
orzu-umidning yakunidir. 
«Avesto» da ikki yaratuvchi kuch – yaxshilik va yomonlik Axuramazda va 
Axriman qiyofasida namoyon bo‘ladi. Mazkur kitob g‘oyasiga ko‘ra, tabiat va 
jamiyatdagi hodisalarning barchasi yaratuvchining o‘zaro kurashidan kelib 
chiqqan. 
Axuramazda yaxshilik, yorug‘lik, obodonlik va ezgu kuchlarning xudosidir. 
Unga qarashli narsalar inson turmushini yaxshilashga va xizmat qilishga 


qaratilgan. U o‘z yordamchilari orqali olov, chorva, metall, er-suv va o‘simliklar 
dunyosini boshqaradi. 
Angra Man`yu (Axriman) barcha yovuzlik va yomonlikni boshqaradi. U 
Axuramazdaga qarshi chiqadi va o‘ziga qarashli devlar yordamida odamlarga 
azob-uqubat, mashaqqat, kulfat keltiradi. Axriman zo‘r kuch va qudratga ega 
bo‘lsa-da, biroq Axuramazda kabi har narsaga qodir va qobil emas, shu sababli 
yomonlik kuchlari yaxshilik oldida doimo mag‘lubiyatga uchraydi. YOrug‘lik 
manbai quyosh deb ko‘rsatiladi. Quyosh nuri insonga hayot bag‘ishlaydi. Olov esa 
quyoshning bir parchasidir. SHuning uchun ham inson olovni muqaddas hisoblab, 
otashkadalarda saqlar edi. Bunday otashkadalar Xorazmda, Jonbos qal`ada 
topilgan. Demak, o‘zbeklar orasida quyoshga – olovga e`tiqod qo‘yib, unga 
topinish juda qadimdan davom etib kelgan. Mitra – quyosh va yorug‘lik xudosi, 
Noxit – obodonlik va farovonlik xudosi, Humo – baxt, tole va davlat xudosi, 
Anaxita va Xubbi (Farg‘onada er Xubbi) – suv xudosi, Mirrix – urush va g‘alaba 
xudosi, yaxshilik va ezgulik esa Kayumars, Yima (Jamshid), Gershasp kabi 
mifologik obrazlarda mujassamlashgan. YOmonlik kuchlari esa ajdar, dev, jin kabi 
salbiy miflar orqali tasvirlangan. Ko‘ramizki, ilk bor yuzaga kelgan badiiy obrazlar 
ibtidoiy inson orzularining naqadar hayotiy ekanligidan dalolat beradi. Bu diniy 
personajlarning har biri «Avesto»ga kirmasdan oldin ham madadkor ruh yoki 
yovuz kuch sifatida xalq o‘rtasida mavjud bo‘lgan. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin