203
ekanligidir. Boshqacha qilib aytganda, bilim berishning bunday usuli aniq belgilangan
vaqt va aniq joyga bog‘liq bo‘ladi.
Multimedia dasturlariga asoslangan, norasmiy, integrallashgan o‘qitish modeli.
Bu shakldagi MT tizimi asosan mustaqil malaka oshirish, qo‘shimcha mutaxassislikni
egallash va til o‘rganish kabilar bo‘yicha o‘qituvchilar yoki taʻlim muassasalarga
murojaat qilish zarurati bo‘lmaydigan dasturlardan iborat bo‘lib,
kompyuter va
teleradio tizimlari orqali o‘rganish vositasi hisoblanadi va oliy taʻlim tizimida kam
qo‘llaniladi. R.Taning va I.Seynonlar chet ellardagi MO‘
texnologiyalaridan
foydalanuvchi taʻlim muassasalarida ishlab chiqilgan modellarni o‘rganib, quyidagi
uch MT modellarini ajratib ko‘rsatgan.Maslahat modeli.
Rasmiy yozishmalar
(korrespondensiya) modeli. Boshqariluvchi mustaqil o‘qitish modeli. T.P.Voronina,
V.P.Kashitsin, O.P.Molchanovalar monografiyasida MTning to‘rt modeli ko‘rib
chiqiladi, bular: anʻanaviy sirtqi, ochiq – televizion taʻlim (teletaʻlim), virtual sinflar va
virtual universitetlar.
Quyida keltirilgan barcha modellarda taʻlim xizmatlarining potentsial
isteʻmolchilari,
ommaviy axborot vositalari, radio va televideniye yoki boshqa bir
taʻlim
muassasasi tanlanib, kirish sinovlaridan o‘tgan va ularning barcha zaruriy
hujjatlari
rasmiylashtirilgan, deb ko‘zda tutiladi. Bular: eksternat turida o‘qitish , bir
universitet negizida o‘qitish, maxsus masofali o‘qitish maqsadida tashkil etilgan
avtonom taʻlim muassasalari modellari YUNESKO
tomonidan tan olingan MT
modellari:
204
3.24- rasm. masofali o‘qitish maqsadida tashkil etilgan avtonom taʻlim muassasalari
modellari
Quyida MTning uchta modeli keltirilgan. Albatta, ular MTga bo‘lgan barcha
yondashuvlarni aks ettirmaydilar. Lekin ular taʻlim boshqaruvini o‘qituvchidan
o‘quvchi tomonga o‘zgarishini ifodalovchi ikkita eng chetki holat va o‘rtacha holatni
aks ettiradilar.
Dostları ilə paylaş: