Texnologik xarita - ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik
operatsiyalarini ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjatdir.
Tizim (sistema) – tartibga solingan, o‘zaro bog‘langan va ta’sir ko‘rsatib
turadigan pedagogik hodisa; tartibga solingan tushunchalar yig‘indisidir.
Tizim (sistema) – o‘zaro bog‘langan ko‘plab elementlar o‘rtasidagi
mustahkam birlik va bog‘liqlik.
Topshiriq - tahsil oluvchilarni ijobiy xatti-harakatga yo‘naltiruvchi ta’lim-
tarbiya metodi
Tushuntirish - bu o’qituvchi mаtеriаlni bаyon qilаdi, o’quvchilаr esа uni
tаyyor hоldа qаbul qilib оlаdilаr. Mаtеriаl bаyoni esа puхtа, аniq, tushunаrli, qisqа
bo’lishi kеrаk.
Yakuniy nazorat – sesmestr va davlat attestatsiyasi sinovlari singari turlarga
bo‘linadi. Yakuniy nazorat og‘zaki, yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni
bajarish metodlari asosida o‘tkaziladi.
Yo‘nalish — 5-bosqichning o‘quv rejalar va fanlar dasturi bo‘yicha oliy ta’lim
muassasasi bitiruvchisi tomonidan egallangan va beriladigan “bakalavr” akademik
darajasi doirasida kasb faoliyatining muayyan turini bajarishni ta’minlovchi
bazaviy va fundamental bilimlar, o’quvlar va ko‘nikmalar kompleksi.
O‘qitish sifatini nazorat qilish —talabaning bilim saviyasini tekshirish va
uning o‘quv dasturini o‘zlashtirish darajasini aniqlash.
O‘qitishning me’yoriy muddati — ta’lim oluvchilar tomonidan o‘quv
rejalari va fanlar dasturi o‘zlashtirilishi uchun belgilangan muddat.
O‘quv fani dasturi — ta’lim mazmuni, uning talabalar tomonidan
o‘zlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari ko‘rsatilgan normativ
hujjat.
O‘quv fani — ta’lim muassasasida o‘rganish uchun fan, texnika, san’at, ishlab
chiqarish faoliyatining muayyan sohasidan saralab olingan bilimlar, o‘quv va
ko‘nikmalar tizimi.