A21 Avezbayev S


 Noqishloq x jalik yerdan foydalanishlarni



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/133
tarix18.11.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#133150
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   133
Avezbayev S, Volkov S.N. Yer tuzishni loyihalash

2. Noqishloq x jalik yerdan foydalanishlarni 
tashkil etish jarayoni 
Natijasida noqishloq x jalik maqsadlariga yer uchastkasi 
ajratiladigan va beriladigan x jalikiararo yer tuzish loyihasi 
maium tartibda va ketma-ketlikda ishlanadi va uchta bosqichdan 
— joyni oldindan kelishish, yer uchastkasini berish va yerdan foy-
dalanishni rasmiylashtirishdan iborat b ladi. 
Birinchi bosqich — korxonaning joylashadigan rnini va 
taxminiy maydonini oldindan kelishib olish. Yer olmoqchi b la-
yotgan korxona yoki tashkilot loyiha ishianguncha belgilangan 
maqsad uchun yer maydoni ajratishni s rab, uning joylashadigan 
rni va taxminiy maydoni k rsatilgan ariza bilan viloyat 
hokimiyatiga murojaat qiladi. X jaliklararo yer tuzishni tkazish 
uchun asos boiib, Qoraqalpo iston Respublikasi Vazirlar Mahka-
masi yoki viloyat hokimiyatlarining korxonaning rnini aniqlash 
t risidagi qarorlari xizmat qiladi. 
Yer tuzish b yicha loyiha-qidirav ishlari shu qaror chiqqan-
dan keyin boshlanadi. Loyihalash ishlari " zdaverloyiha" institu-
ti va uning b limlari tomonidan amalga oshiriladi. Zarurat tu il-
ganda loyiha-qidiruv ishlariga boshqa muassasalar ham jalb qili-
nishi mumkin. Bunda yer resurslari q mitasimng tuman xizmati, 
arxitektura — qurilish, so liqni saqlash, tabiatni muhofaza qilish, 
114 


yon in nazorati organlari, boshqa manfaatdor tashkilotlar hamda 
yerlari qamrab olinadigan yer cgaliklari va yerdan foydalanuvchi-
lar vakillari qatnashishi talab etiladi. 
Shu bosqichda tayyorgarlik ishlari, ycr ajratish loyihasini 
tuzish, uni k rib chiqish va tasdiqlash ishlari bajarfladi. Loyiha 
hamma manfaatdor yer egalari va yerdan foydalanuvchilar 
tomonidan k rib chiqiladi va ularning roziiigi oiinadi. 
Tayyorgarlik ishiari quyidagilarni z ichiga oiadi: 
— yer uchastkaslni berish t risidagi iltimosnoma, uning 
asoslanganiigi, unga iiovalar rganiladi; 
— loyiha qamrab oladigan (masshtabi 1:10000) hududga reja-
xarita materiallarini yi ish va tayyorlash; 
— obyekt joylashadigan tumanda yerlarning ahvolini va qiy-
matini tavsitlovchi boshqa materiallarni va baholash, yer hisobi 
ma'lumotlarini yi ish; 
— mazkur korxonaga oldin berilgan yerlar t risidagi maten-
allarni yi ish va ular tomonidan qonunda k zda tutilgan talab-
larning bajarilishini rganish. 
Olingan ma'lumotiar asosida noqishloq x jalik obyektining 
yerdan foydalanishini tashkil etish loyihasi ishlanadi. Uning bar-
cha tarkibiy qismlarini t la va t ri ishlash shu bosqichda amal-
ga oshirilishi kerak, sababi, keyinchalik har qanday zgartirishiar 
va q shimchalar kiritish mumkin emas, yoki katta xarajatlar bilan 
bo liq boiadi. 
Hokimiyatning vakolatli organi loyihani tasdiqlaydi va obyekt-
ning joylashadigan rni t risida qaror qabul qiladi. Bu joy-
lashtirilayotgan obyektning zi b yicha loyiha qidiruv ishlarini 
boshlash uchun asos boiib xizmat qiladi. 
Ikkinchi bosqich — yer ajratish. Loyiha tasdiqlangandan va 
qurilish uchun mabla ajratilgandan keyin qurilish tashkilotlari 
yer ajratishni s raydi. S rovnomaga kerakli hujjatlar bilan bir 
qatorda birinchi va ikkinchi bosqichlar orasida ishlangan yerni 
rekultivatsiya qilish, unumdor qatlamni ajratib olish, saqlash va 
keyinchalik foydalanish b yicha ishchi loyihalari, aholini 
k chirish t risidagi maiumotlar. tuman hokimiyatining yerni 
foydalanishga berish shartlari va boshqalar kiritiladi. 
Tuman hokimiyati yer resurslari qo"mitasining xizmatlarini 
jalb etib, zarur materiallarni tayyorlaydi va yer uchastkasini olish 
va s ralgan maqsad uchun berish t risida qaror qabul qiladi. 
Qarorda ajratiladigan yer uchastkasining maydoni, berish shartlari 
va boshqa maiumotlar k rsatiladi. 
115 


Yer tuzish loyihasining bu bosqichida ishlangan loyihaga aniq-
lik kiritilishi mumkin. Bunday tuzatishlar q shimcha tarzda yer 
egalari va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishiladi. 
Uchinchi bosqich — yer maydonlari ajratishni rasmiy-
lashtirish. Yer maydoni ajratish t risidagi qaror qabul qilingan-
dan keyin joylarda uning chegaralari belgilanadi, yerdan foy-
dalanuvchiga yerdan foydalanish huquqini beruvchi davlat dalolat-
nomasi (akti) beriladi. Faqat shundan keyingina uchastkadan 
foydalanishga kirishishga ruhsat etiladi. 

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin