A21 Avezbayev S



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/133
tarix18.11.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#133150
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   133
Avezbayev S, Volkov S.N. Yer tuzishni loyihalash

tayyorlash. Vaqtincha. foydalanishga beriladigan va yerlarning 
buzilishi bilan bogiiq yer egaliklari va yerdan foydalanishlar 
uchun yer tuzish loyihasi tarkibida rekultivatsiyalashning texnik 
sharoitlari ishlanadi. Ularda quyidagilar k rsatiladi: 
—- buziladigan yerning rni, maydoni; 
— rekiiltivatsiya qilingan yerlardan (yer boiaklaridan) foy-
dalanish y llari; 
— ustki unumdor qatlami olinadigan yerlar maydoni va 
unumdor qatlam qalinligi; 
— rekultivatsiyalanadigan maydonlarning ustki qatlamlari tar-
kibi va ular ustiga yotqiziladigan unumdor qatlam qalinligi; 
— yer relefining rekultivatsiyadan keyingi holati (yer nishabligi 
va boshqalar), rekultivatsiyaning biologik bosqichiga q yiladigan 
talablar; 
— rekultivatsiyani bajarish muddatlari k rsatiladi. 
Texnik sharoitlarga chizma ilova qilinadi. 
123 


8. Uchastkani berish shartlari b yicha tavsiyalar tayyorlash. 
Yer uchastkasini berish shartlari noqishloq x jalik yerd?.n foy-
dalanishlarini tashkil etish b yicha yer tuzish loyihasini tuzishda 
tayyorlanishi va uchastkadan foydalanishni boshlashgacha va un-
dan foydalanish jarayonida bajarilishi kerak. 
Bu shartlarga rioya qilish uchastkani olishga kelishish uc hun 
va berishga asos hisoblanadi. Ular yerlari olinadigan yer egalari va 
yer beriladigan yerdan foydalanuvchilar bilan kelishilgan hishlanadi. 
Yer uchastkalarini berish shartlariga quyidagi tadbirlar kiriti Sadi: 
tabiatni va atrof-muhitni muhofaza qilish, qishloq x jalik yerlarini 
saqlash, yerlami eroziyadan, sh rlanishdan, botqoqlanishdan, qurib 
ketishdan va yer osti suvlarining sathi k tarilib ketishidan hinioya 
qilish, simliklarni, suv havzalarini, atmosferani (havoni), yer osti-
ni hamda madaniy va tarixiy obidalarni himoya qilish, uzilib qolg_an 
transport aloqalarini tiklash, davlat va boshqa yerdan foydalanuvchj-
lar, hamda yerga egalik qiluvchilar manfaatlarini hisobga olvb, yer-
dan foydalanuvchining huquqlarini cheklash. 
9. Mavjud yer egaliklari va yerdan foydalanishlarni, ularning 
hududlarini, ishlab chiqarishini va aholi tizimini qayta taahkil etish 
b yicha tavsiyalar ishlash. Mavjud x jaliklardan katta yer may-
donlari olingan vaqtda ularning keyingi faoliyati maqr>adga mu-
vofiq b lmay qolsa yoki noqulay joyiashgan yer maydonlari pay-
do boiib, x jalik yer maydonlarida kamchiliklar yuzaga kelsa, 
ularda x jaliklararo yer tuzishni tkazish bo'yicha takJiflar ishlab 
chiqiladi. Takliflar yer tuzish chizmasi (sxemasi) yoki x jalik-
lararo yer tuzish loyihasi tarzida ishlanadi. Ularda yer ajratilayot-
gan korxona bilan chegaradosh x jaliklar yerlarini qayta tashkil 
qilish zarurati k rsatiladi. Agar qishloqlar yoki bino va inshoot-
larni k chirish zarurati tu ilsa, aholining k chib tadigan joyi, 
k chirish ishlari hajmi, korxonaga ajratilayotgar
t
yer maydonida 
joylashgan bino va inshootlarni k chirish bib^n bogiiq qurihsh 
ishlari belgilanadi. X jaliklar hududida ichki yer tuzish ishlarini 
tkazish zarurati ham aniqlanadi. 
10. Loyiha yechimlarini solishtirish va, baholash. Noqishloq 
x jalik yerdan foydalanishlarini loyihalas',ida ularni joylashtirish-
ning bir necha yechimlari k rib chiqila di va baholanadi. Yaxshi 
yechim loyihaning tarkibiy qismlarini ishlashda hisoblanadigan 
texnik-iqtisodiy k rsatkichlarni solisht.jrish y H bilan tanlanadi. 
Bunda yangi yerdan foydalanishni .'
y
oylashtirishning va mazkur 
124 


hududdan kelajakda foydalanishning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa 
oqibatlari hisobga olinadi. 
Loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy k rsatkichlariga quyidagilar 
kiradi: 
Yerdan foydalanishning maydoni — hammasi, shu jumladan 
haydalma yerlar, daraxtzorlar, yaylovlar, pichanzorlar; 
— tuproqlarning tiplari va turlari (ularning haydalma yerlardagi, 
daraxtzorlardagi, yaylovlardagi va pichanzorlardagi maydonlari); 
— beriladigan uchastkalardagi yerlarning sifatini baholash bal-
lari; 
— qishloq x jaligi ishlab chiqarishining haydalma yerlardagi, 
yaylovlardagi, pichanzorlardagi va umumiy zararlari; 
— qishloq x jaligi ekinlarining va bogiarning normal (me'-
yoriy) hosildorligi; 
— yalpi mahsulotning (sof daromadning) yillik kamayishi; 
— yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, yer mulkdor-
larining, ijarachilarning zararlarini qoplash uchun xarajatlar; 
— boy berilgan foyda (har yili olinmaydigan daromad, tikla-
nish davri uzunligi, qayta hisoblash koeffitsienti, umumiy hajmi); 
— qamrab olinadigan yer egaliklari va va yerdan foydalanishlar 
soni (qishloq x jalik korxonalari, fermer x jaliklari va boshq.); 
— mavjud yer egaliklari va yerdan foydalanishlarga zgartirish 
kiritish talab etiladigan maydon (x jaliklararo yer tuzish); 
— x jalikda ichki yer tuzish talab etiladigan maydon va x ja-
liklar soni; 
— yer tuzish xarajatlari; 
— tuproqlarning unumdor qatlami qirqib olinadigan maydon; 
— rekultivatsiyalanishi kerak boigan yerlar maydoni (shu 
jumladan qishloq, rmon, baliqchilik x jaliklarida va sh. . foy-
dalanish uchun); 
— tuproq bilan qoplab, yaxshilanadigan maydon; 
— tuproq bilan qoplash hisobiga zararlarning kamayishi; 
— zararlar va xarajatlar — hammasi. 
Quyidagi q shimcha k rsatichlardan ham foydalaniladi: 
— uchastkani va obyektni joylashtirishning salbiy oqibatlarini 
tugatishga xarajatlar; 
— tuproqlarning unumdor qatlamlarini qirqib olish va saqlash 
xarajatlari; 
— tuproq bilan qoplash xarajatlari; 
— rekultivatsiyalash xarajatlari; 
125 


— yer uchastkasini berish shartlarini bajarish uchun xarajatlar; 
— sotib oiinadigan yerning bahosi; 
— yer soli i miqdori; 
— ijara haqi miqdori; 
— yer berilayotgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning 
boshqa xarajatlari; 
— harajatlarning hammasi. 
Yaxshi yechimni tanlashning asosiy mezoni — qishloq 
x jaligiga va atrof-muhitga eng kam zarar yetkazadigan yechim 
hisoblanadi. 
Noqishloq x jalik maqsadidagi yerdan foydalanishni tashkil 
etish loyihasi quyidagi shaklda rasmiylashtiriladi. 
Chizma qism z ichiga loyiha rejaini oladi, unda quyidagilar 
k rsatiladi: 
— hududning mavjud holati tasviri va tashkil etilishi; 
— obyektni va boshqa Ioyihalanayotgan elementlarni joy-
lashtirish yechimlari; 
— sanoat korxonasining bosh rejai (loyihasi) chizmasi; 
— mavjud yer egalari va yerdan foydalanishlarni qayta tashkil 
etish chizmasi (zarur hollarda); 
— yangi chegaralardagi (agar ular o"zgartirilgan b lsa) x ja-
liklarning ichki yer tuzish chizmalari. 
Loyihaning bayonnomasi (tushuntirish xati) quyidagilarni z 
ichiga oladi: 
— yerdan foydalanishi tashkil etilayotgan obyekt t risida 
maMumotlar; 
— yerlarning tarkibi va sifati t risida ma'lumotlar; 
—- yechimlar b yicha yerlarning eksplikatsiyasi; 
— obyektni joylashtirishning salbiy oqibatlari; 
— loyihaning tarkibiy qismlari b yicha loyihaviy yechimlar; 
— yechimlar b yicha texnik-iqtisodiy k rsatkichlar va tan-
langan yechimning ustunligini asoslash; 
— loyihani huquqiy asoslashning materiallari. 

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin