O’zini telba ko‘rsatgan oqil Bir kimsaning
"Aqlli odam izlayapman, muammo chiqib qoddi. Undan maslahat olmoqchi edim",
deb so‘rayotganini eshitgan bir kishi unga:
"Bizning shaharda o‘zini telbalikka solib yurgan bir kishi bor. Tayoqni ot qilib minadi,
bolalar bilan o‘ynaydi. Eng oqil odam shu. U telba qiyofasiga kirgan
olim bir kishidir", dedi. Bu gapni eshittan haligi kishi o‘sha shaharga ketdi. So‘ray
so‘ray 'Telba" ni topdi:
— Ey "ot" mingan odam. Bir daqiqaga "ot"ingni bu yoqqa hayda, deb chaqirdi. Telba
yugurib keldi:
— Tezroq gapir "Ot"im juda asov, tepadi
— Uylanmoqchi edim. Qanday qizni tanlaganim ma’qul? Telba bunday dedi:
— Dunyoda uch xil ayol bor. Biri dard, ikkinchisi mehnat, uchinchisi ziynat Birinchisi
senga aslo yor bo‘lmas. Ikkinchisining yarmi seniki, yarmi sendan ayri qoladi. Uchinchisi
esa senga vafoli bo‘ladi.
— To‘xta, shoshma, Xudo xayringni bersin! Shuni yaxshilab tushuntir! Bu uch turli
ayollar kimlar?
Telba "ot"ining "jilovi"ni tortib, bunday javob berdi:
— Birinchisi, bolali beva xotindir. E’tiborini birinchi eridan bo‘lmish farzandiga
qaratadi.Xayolida bolasi bilan eri bo‘ladi. Ikkinchisi bolasiz beva xotin. Yarmi seniki,
yarmi oldingi erinikidir. Uchinchisi bokira qiz. U tamomila senga mulk bo‘ladi.
Telba bularni aytgandan keyin "ot"ini niqtab bolalar orasiga ketayotgan edi. Haligi
odam uni to‘xtatib:Ey ulug‘ inson! Yana bir savolim bor. Javob ber, so‘ngra ketasan,
dedi.
— Nima deysan? Vaqtim ziq. Bolalar bilan o‘yinga kechikyapman.
— Bu qadar aql farosat egasi ekansan. Nega o‘zingni telbalikka solib yuribsan?
Qari olim shunday javob berdi:
— Hokim meni shaharga qozi qilishga qaror berdi. Rad etdim, qabul qilmadilar.
Sendan oqilrog‘ini topolmaymiz dedilar. Shuning uchun o‘zimni telba, devona
ko‘rsatyapman. Qoziliqdan ko‘ra telba bo‘lish afzalroqdir.