Ahmad Donish (1827-1897) – matematika, falakiyot, geografiya, tibbiyot, tasviriy
san'at, tarix va falsafiy bilimlarni mustaqil ravishda egallab, o’z davrining ilg’or bilimli kishisi
bo’lib etishadi. U o’zining ta'lim-tarbiya, axloq va nafosatga doir fikr-mulohazalarini bir qator
asarlarida ifodalagan mutafakkirdir.
Zukko olim kasb tanlash va uning odamlarga, jamiyatga foyda kkeltirishiga e'tibor berish
kerakligi haqida bildirgan fikrlarida axloqmasalasiga katta e'tibor berganini ko’ramiz. U
o’qituvchini talablarga kuchli ta'sir etuvchi shaxs deb biladi. Uning ta'kidlashicha, o’qituvchilik
kasbini tanlaganlarning nopoklik niyatida bo’lishi hoyatla zarurlidir, chunki ular o’zlaridagi
axloqiy buzuqlikni yosh avlodga tarqatadilar. Demak, Ahmad Donish o’qituvchining axloqiy
qiyofasiga katta e'tibor beradi. U o’qituvchidan yosh avlod manfaatinibirinchi o’qinga qo’yishni
talab qiladi. O’qituvchi o’quvchi va talabalarga ko’p bilim berish, o’z bilimini oshirish va
chuqurlashtirish uchun o’z ustida ko’p ishlashi lozimligini ta'kidlaydi. Bundan ko’rinadiki,
Ahmad Donish o’qituvchi kasbiga nisbatan jiddiy talab qo’yadi. U go’zal axloqlilik va chuqur
bilimdonlikni o’qituvchining beqiyos fazilati deb biladi. Zero, u o’qituvchi timsolida odamlar,
binobarin yoshlar o’rtasida ilm-ziyo sochuvchi ma'rifatparvarni ko’rishni orzu qiladi.
Mahmudxo’ja Behbudiy (1885-1919) – adabiyot, tarix, siyosatshunoslik,
drammaturgiyani chuqur egallagan. U ma'rifat, ilm-fan, badiiy ijod sohasidagi butun faoliyatida
millatimiz madaniyati, ma'naviyatining ravnaqi uchun kurashib, buyuk siymo sifatida shuhrat
qozongan holda ta'lim-tarbiyaga doir qimmatli fikr-mulohazalarni bayon etdi. Ustoz ta'lim-
tarbiya haqida fikr bildirar ekan, mustamlakachilik davrida bu ishda muvaffaqiyatga erishishning
birdan-bir yo’li o’lkada o’zaro ixtiloflarga barham berib, ahillik bilan ilm-fanni rivojlantirish
kerakligini bayon etadi. Kattalar va muallimlarga murojaat qilib, ularni yoshlarni bilimli
qilishga, mehnatga jalb etishga da'vat etadi.