Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida


Vaqtga doir masalalar yechishga o‘rgatish



Yüklə 8,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/167
tarix24.11.2023
ölçüsü8,3 Mb.
#133719
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   167
majmua MO\'M-22

 
Vaqtga doir masalalar yechishga o‘rgatish 
O‘quvchilarni vaqtga doir masalalar yechishga tayyorgarlik ishlari birinchi sinfdan 
boshlanadi. O‘quvchilarda “erta”, “kecha”, “bugun”, “ertalab”, “kunduzi”, “kechasi” kabi 
tasavvurlar shakllangach kechadan bugungacha, bugndan ertagacha qancha vaqt o‘tganini 
o‘quvchilar bir kun o‘tdi deb hisoblashadi. Yoki ertalab maktabga kelgach to‘rt soat dars 
o‘qiydilar. Uyga borganlarida ota-onalari “qizim bugun necha soat dars o‘qidingizlar?” deb savol 
berganlarida, “bugun to‘rt soat dars o‘qidik” deb javob beradilar. Bu bilan o‘quvchilar hodisa 
davomiyligi to‘g‘risida tasavvur qila boshlaydilar. Ikkinchi sinfda o‘quvchilar soat, minut kabi 
vaqt tushunchalarini o‘rganishadi. Vaqt o‘lchov birliklari orasidagi bog‘lanishlarni bilib olishadi. 
Vaqtga doir sodda ko‘rinishdagi masalalarni bajarishadi. 
Vaqtga doir masalalar yechish ishi uchinchi sinfning uchinchi choragidan boshlanadi.


152 
Biror voqea qachon boshlanganligini yoki qachon tugaganini, u qancha vaqt davom 
etganini bilishga doir masalalarni soat moduli, taqvimlardan foydalanib echish mumkin. Bunday 
masalalarni arifmetik amallar yordamida ham echish mumkin.
1
Vaqtga doir masalalar jumlasiga uchinchi ko‘rinishdagi masalalarni kiritish mumkin. 
1.
Biror hodisa yoki voqeaning boshlanishi va davom etish vaqtiga ko‘ra tugallangan vaqtni 
topishga doir masalalar
2.
Biror hodisa yoki voqeaning boshlanishi va tugallanishiga ko‘ra davom etishini topishga 
doir masalalar 
3.
Hodisa yoki voqeaning davom etishi va tugallanganga ko‘ra qachon boshlanishini topishga 
doir masalalar 
Masalaning yechilishini tushuntiring: 
1) Sport to‘garigining mashg‘udoti soat 15 da boshlanadi va ikki so‘at davom etadi. To‘garak 
mashg‘ulotlari qachon tugaydi?
15+2=17
javob: soat 17 da 
2) Bolalar bog‘da 3 soat sayr qildilar va soat 14 da uylariga keldilar. Ular bog‘ga qachon 
kelganlar?
14-3=11 
javob: soat 11 da 
3) Dorixona soat 12 dan soat 20 gacha ochiq bo‘ladi. Dorixona necha soat ishlaydi? 
20-12=8 
javob: 8 soat 
Vaqtga doir masalalar 3-4 sinf darsliklarida keltirilgan.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida vaqt tasavvurlarni shakllantirish yuzasidan usuliy tavsiyalar 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida vaqtga oid tasavvurlar shakllanishi bo‘lajak boshlang‘ich 
sinf o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarligi va mahoratiga bog‘liq. Nazariy jihatdan chuqur 
bilimga ega bo‘lgan o‘qituvchi o‘quvchilarga vaqt tushunchalarini o‘rgatish bo‘yicha quyidagi 
bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi talab etiladi. 
1. Boshlang‘ich matematika kursining nazariy asoslarini puhta bilish miqdorlar 
nazariyasiga oid bilimlarga ega bo‘lishi zarur. 
2. Boshlang‘ich sinflarda asosiy miqdorlar ustida ishlash metodikasini chuqur bilishi va uni 
amalda qo‘llay bilishi kerak. 
3. Yangi tahrirdagi boshlang‘ich sinflar uchun Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturida 
matematika faniga oid o‘quv materiallarining joylashishi va DTS talablariga rioya qilgan holda 
vaqt tushunchalarini o‘rgatishni tizimli tashkil eta bilishi zarur. 
4. O‘quvchilarda vaqtga oid tasavvurlarni shakllantirish maqsadida yangi pedagogik 
tehnologiyalar tatbiq etib, dars jarayonida o‘quvchilar o‘quv-biluv faoliyatini faollashtiruvchi, 
matematika faniga bo‘lgan qiziqishini oshiruvchi, turli hildagi ta’limiy o‘yinlar, klaster, BBB, 
aqliy hujum kabi metodlarni qo‘llab, o‘quv jarayonini tashkillashtirish maqsadga muvofiqdir. 
5. Vaqtga oid tasavvurlarni shakllantirish maqfsadida o‘qitish vositalaridan unumli 
foydalana bilish. Ayniqsa yil taqvimi bilan ishlash, fasllar va sutkani ifodalovchi doiraviy 
ko‘rgazmali qurol, soat modellari va boshqa ko‘rgazmali materiallardan samarali foydalana 
bilishi kerak. 
6. Ushbu mavzuni o‘tish jarayonida umumsinf ishi guruh ishi va yakka tartibdagi o‘quv 
faoliyatlarini unumli tashkil eta bilishi kerak va ishlar mutanosibligini ta’minlay bilishi kerak. 
7. O‘quvchilarning vaqtga oid tasavvurlarini shakllantirish maqsadida tajribada ko‘p 
uchraydigan amaliy harakterdagi o‘quv-topshiriqlar tizimini tuza bilishi kerak. 
8. Vaqt tushunchalarini shakllantirishga qaratilgan sinf o‘quvchilari bilim, malaka va 
ko‘nikmalarini hisobga olish daftarini tashkil etishi maqsadga muvofiq. Ya’ni sinfdagi har bir 
o‘quvchi vaqt haqida tushunchani qay tarzda o‘zlashtirishini ifodalovchi jadval tuziladi. 

Yüklə 8,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin