196
Fibonachi sonlar – dastlabki ikkita son birga teng bo’lib keyingi har bir son oldingi ikki
elementning yig‘indisiga teng bo’lgan sonlar. Bu sonlarni Italiyalik matematik Leanardo
Pizonskiy (Fibonapchi) (tahminan 1070-1208 yildan keyin) o’zining 1202 yilda yozgan “Abak
haqida kitob” ida kiritgan.
Egizak tub sonlar – Ayirmasining absalyut qiymati ikkiga teng bo’lgan ikkita tub son.
O’zaro tub sonlar – Birdan boshqa umumiy bo’luvchiga ega bo’lmagan natural sonlar.
Qarama-qarshi sonlar – Modullari teng, ishoralari qarama-qarshi bo’lgan ikkita haqiqiy
son.
Haqiqiy sonlar – Ratsional va irotsional sonlar. Bu sonlar to’plami R (lotincha Realist -
haqiqiy so’zining birinchi) harfi bilan belgilanadi. Haqiqiy sonlarning kiritilishi XVI asrda
boshlangan bo’lsada, uning qat’iy ta’rifi XIX asrda berilgan.
Haqiqiy sonning butun qismi – Haqiqiy x sonining butun qismi deganda x dan ortiq
bo’lmagan eng katta butun son tuShuniladi. [x] ko’rinishida belgilanadi.
Haqiqiy sonning kasr qismi – Haqiqiy sondan o’zining butun qismini ayirishdan hosil
bo’lgan natija {x} ko’rinishida belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: