Amaliy mashg’ulot № 1
Metallar korroziyalanishining termodinamik imkoniyatlarini aniqlash.
Termodinamikani, odatda, fizikaviy, texnik va
kimyoviy termodinamikalarga
bo’linadi. Kimyoviy termodinamikaning vazifasi termodinamika qonunlarini kimyoviy
va fizik-kimyoviy hodisalarga qo’llashdir.
Kimyoviy termodinamika, o’z
navbatida, klassik (fenomenologik) termodinamika,
nomuvozanat (qaytmas) jarayonlarning termodinamikasi,
statistik termodinamika
bo’limlaridan iborat. Termokimyo va kimyoviy muvozanatlar ham kimyoviy
termodinamika ta’limotining asosiy qismlaridir.
Termodinamikaning asosiy tushunchalari: termodinamik sistema (izolyatsiyalangan,
ochiq, yopiq), sistemaning holati, termodinamik jarayon, holat funksiyasi, siklik jarayon,
qaytar va qaytmas jarayonlar,
adiabatik jarayon, gomogen va geterogen sistemalar,
uzluksiz sistema, ichki energiya, ish, issiqlik, intensivlik va ekstensivlik faktorlari.
Dostları ilə paylaş: