Circuit/Flip Vertical.
Tanlangan komponentlarni vertikal bo’yicha 180
gradusga buradi.
Circuit/Flip Horizontal.
Tanlangan komponentlarni gorizontal bo’yicha
180 gradusga buradi.
Circuit/Component Properties.
Tanlangan
komponentning xossalarini
o’zgartirish. Komponent ustida sichqonchaning chap tugmasi ikki marta bosilganda
ham xossalarning dialog oynasi chiqadi. Dialog oynasi
tanlangan elementga mos
bo’ladi va unda quyidagi bo’limlar bo’lishi mumkin:
-
Label,
-
Value,
-
Models,
-
Schematic Options,
-
Fault,
-
Node,
-
Display,
-
Analysis Setup.
Label (Komponentning xossalari).
Komponentning metkasi yoki
identifikatorini o’rnatish yoki o’zgartirish. Komponentning
identifikatori yagona
bo’lishi kerak, uni o’chirib tashlab bo’lmaydi.
Value.
Komponent xossalarining qiymatlari o’rnatiladi.
Models.
Komponentning modelini tanlash va uni tahrirlash. Komponentlar
sukut bo’yicha ko’pchilik hollarda “ideal” bo’ladi. Natijalarning aniqligini orttirish
zarur bo’lsa “real” modellarni tanlash mumkin.
Schematic Options.
Sxemaning parametrlarini tanlash.
Fault.
Komponent
terminaliga
nosozliklarni
kiritish.
Quyidagi
nosozliklarni kiritish mumkin:
Leakage – Komponentga parallel ulanadigan qarshilikning qiymati
(komponentga
qo’shni
zanjirlarning, komponentga parallel
ekvivalent qarshiligi);
Short – komponentning qisqa tutashuv rejimi;
Open – komponentning ichida
uzilish mavjud, ya’ni uning qarshiligi
juda katta.
Node.
Sxema tugunining xossalarini o’zgartirish, unda quyidagi bo’limlar
mavjud:
Node ID – sistema tomonidan berilgan tugunning nomi;
Use as Testpoint – tugun test nuqtasi sifatida ko’rilishi kerakligini
bildiradi;
Set Node Color – simlarning rangini o’zgartirish.
Display.
Display bo’limidagi Use Schematic
Options tanlanmaganda
quyidagilarni ko’rsatish/berkitish uchun ishlatiladi:
Show labels - komponentning nomi;
Show values - qiymati;
Show reference ID – identifikatori.
Dostları ilə paylaş: