Aynan esa: 1. Axborot hayotimizga ta’sir qilmaydi va biz unga ta’sir qila olmaymiz . 2. Sizga bu axborot nima uchun kerakligini aniq ayta olmaysiz. 3. Bu axborotni qayta-qayta gapirishadi ( hamma/ko’plar qayta -qayta nashr etadi), lekin hech kim uni batafsil namoyish eta olmaydi. 4. Bu axborotning atrofida sun’iy hissiyotlar ko’p bo’ladi (odatda, bular «Shov-shuv xabar», «Halokat» kabi sarlavhalar). 5. Axborotga nisbatan sun’iy ravishda qiziqish tashkil etiladi , masalan: «Siz eshitdingizmi …», « Siz o’rtoqlashib bo’ldingizmi…». MM Mavzuni mustahkamlash uchun ishni kichik guruhlarda amalga oshirish
mumkin
. А
uditoriya 3-5 kishidan guruhlarga birlashadi.
Guruhlarning har biriga turli mavzulardagi 4-5 ta kichik yangiliklar
to'plami beriladi. Vazifa: guruh a'zolari uchun qanday ma'lumot
"keraksiz", ortiqcha va qaysi xabarlar foydali ma'lumot bo'lishi
mumkinligini aniqlash.
Yangiliklar shunday tanlanganki, 4-5 ta xabarning faqat bittasi foydali
deb tasniflanishi mumkin.
Guruh a'zolari o'zlarining ishlarini taqdim etishda, o'zlarining
tanlovlarini amalga oshirishda "keraksiz" ma'lumotlarini qanday
belgilarini ishlatganligini aytib berishlari kerak.
Vazifani bajarish vaqti - 10-12 daqiqa. Yangiliklar mashg'ulot
o'tkaziladigan mamlakat va mintaqani hisobga olgan holda trener
tomonidan tanlanadi.