73
Biroq,
bo’limlarning har biri o’z vazifasiga ega bo’ladi
(kamoalar bir-
birining topshiriqlarini bilmaydi
–
ular moderatorlik kartalariga yozilgan
holda uzatilishi mumkin).
Birinchi guruh - birinchi tahliliy bo'limga quyidagi vazifa topshiriladi:
kofe juda FOYDALI ekanligini ko'rsatadigan va tasdiqlaydigan beshta
yangilik, xabarlarni, maqolalarni to'plash.
Ikkinchi guruh - ikkinchi tahliliy bo'lim oldiga quyidagi vazifa qo'yiladi:
kofe juda ZARARLI ekanligini isbotlaydigan beshta yangilik, xabarlar,
maqolalarni to'plash.
Ishtirokchilar tegishli ma'lumotlarni to'plash uchun o'zlarining
gadjetlari, Internet-qidiruv tizimlaridan foydalanishlari kerak.
Vazifani bajarish vaqti - 10 daqiqa. Qidiruv ishlari oxirida ikkala "tahliliy
bo'lim" o'z tadqiqotlarini taqdim etadilar.
Ma'lum bo'lishicha, Internetda Siz ushbu oddiy ichimlikning foydasi va
zarari haqida asosli ma'lumotlarni topishingiz mumkin ekan.
Topshiriq shuni ko'rsatdiki, bir hil mavzuda, hatto tor doiradagi masalada
ham, ma'lumotlar mutlaqo har hil bo'lishi mumkin, ular bir-biridan mutlaqo
boshqacha nuqtai nazarlarni, boshqacha dalillarni aks ettiradi. Va bitta
ma'lumot haqiqat, boshqasi esa haqiqat deb aytib bo'lmaydi. Ikkalasi uchun
juda qiziqarli va ishonchli dalillar tanlangan. Ammo bu ham muhim emas.
Keling, o'ylab ko'raylik: ehtimol hozirgi yangiliklar lentasida kofening
foydaliligi yoki aksincha zararli ekanligi to'g'risida xabarlarni topganimizda
voqealar shunday tarzda rivojlanishi mumkinmi? Albatta mumkin. Axir biz
faqat umumiy xabarlar oqimidan yangiliklarni iste'mol qilamiz, ammo biz
ularni shakllantirmaymiz. Shunda uni kim va nima shakllantiradi? Va bunga
ta'sir qilish qobiliyatimiz yoki vositamiz bormi? Biz istagan taqdirda, birdan
katta kompaniyaning jiddiy tahlilchisiga aylanib, o'zimiz, do'stlarimiz yoki
o'sha rahbar uchun ijobiy, qiziqarli, foydali yangiliklar to'plamini tuza
olamizmi.
Dostları ilə paylaş: