Journal of Education, Ethics and Value
Vol. 2, No. 2, 2023 ISSN:
5
Isajon Sultonning ,,Alisher Navoiy’’romanida
Intertekstuallik
Annotatsiya:
Mazkur maqolada O’zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sulton qalamiga
mansub ,,Alisher Navoiy’’romaniga munosabat bildirilgan.Yozuvchining
badiiy mahorati masalalariga e’tibor qaratilgan.
Tayanch so’zlar:
Isajon Sulton ijodi, ,,Alisher Navoiy’’ romani, intertekstuallik, yozuvchi
mahorati.
Information about
the authors
Salomova Guljamol
Termiz davlat universiteti 3-bosqich talabasi
Bugungi zamonaviy o’zbek adabiyotining yetakchi vakillaridan biriga aylanib ulgurgan Isajon Sulton
asarlarining mavzu ko’lami,voqealar
xilma-xilligi, g’oyalar ifodasining dolzarbligi bilan o’qirmanlar
orasida o’z asl kitobxonlarini topgan yozuvchilardan biridir.Ijodkor 1967-yilda Farg’ona
viloyati,Rishton tumanidagi Avazboy qishlog’ida tavallud topgan.Mustaqillik yillaridan so’ng
yaratilgan ,,Oydinbuloq’’, ,,Boqiy darbadar’’, ,,Ozod’’, ,,Bog’i Eram’’, ,,Bilga xoqon’’,
,,Genetik’’kabi qator kitoblari adabiyot ixlosmandlari tomonidan iliq kutib olinishi bilan birga xalqaro
tanlovlarda ham oliy o’rinlarga munosib ko’rilmoqda.Bundan tashqari adib asarlari dunyoning ko’plab
tillariga tarjima qilinishi bilan birga,o’zi ham mahoratli tarjimon sifatida J.Neru,Ryunoske
Akutagava,Y.Kavabata,D.Rutssati,U.Sayfiddin asarlarini o’zbek tiliga tarjima qildi.
Isajon Sultonning ,,Alisher Navoiy’’romani hazrat bobomiz hayot yo’llarining
barcha davrlarini
qamrab olgan romandir.Yozuvchi Xayriddin Sulton roman qo’lyozmasini o’qib,Isajon Sultonga
yozgan maktubida shunday fikrlarni bayon etadi:,,Ochig’i, bu qo’lyozma qo’limga tushganida
,dastavval ko’nglimda bir xavotir tug’ilgani rost:jannatmakon
Oybek domla ,,Navoiy’’romanini
yozgan bo’lsa,shu nomad go’zal badiiy film va drama yaratilgan bo’lsa,xassos yozuvchi Mirkarim
Osim ajoyib qissa va hikoyalar bitgan bo’lsa,Vohid Zohidov,Izzat
Sulton,Aziz Qayumov,Suyima G’aniyeva kabi zabardast adabiyotshunoslarimiz teran badiiy-ilmiy
tadqiqotlar yaratgan bo’lsa,bu mavzuda yangi so’z aytib bo’larmikin?Bu
borada badiiy kashfiyot
yaratishga imkon qolganmikin?(1.505)degan savollarni ko’ndalang qo’yadi va asar o’qib tugatilgandan
so’ng anglagan xulosasini ham keltirib o’tadi:,,Xayriyat,qo’lyozmani o’qiy boshlashim bilan bu hadik
va xavotirlar tumanday tarqab ketdi.Va buyuk mutafakkir shoirimiz haqida yangi,muhtasham va
original roman yaratilganligiga tobora amin bo’la bordim’’(1.506)
Biz kitobxonlar ham asarni o’qir ekanmiz, bu roman I.Sultongacha yaratilgan
Navoiy hazratlari
haqidagi asarlardan ohoriyligi,originalligi,tarixiy voqealarni go’zal badiiylashtirish xususiyatlarining
yuqoriligi bilan ajralib turganligini anglaymiz.
Adabiyotshunoslik ilmida intertekstuallik degan adabiy atama ham mavjudki,uning ma’nosi,(lot.inter-
aro,textum-
to’qima,mato,matn)(2.120)-
matn
ma’nosining
boshqa
matn
orqali
shakllanishidir.(3.85)Adabiyotshunos
Bahodir
Karim romandagi intertekstuallikka qisqacha to’xtalib:,,Adibning ,,Alisher