sohasida
standartlarni
muvofiqlashtirish va tatbiq etish bilan qaysi tashkilot shug’ullanadi?
A. IAPS
B. YuNESKO
S. GAAP
D. OECD
8. OECDning xalqaro auditorlik faoliyati bo’yicha asosiy vazifasi nima?
A. Xalqaro standartlarning loyihasini ko’rib chiqishda ishtirok etadi
21
B. Xalqaro standartlarni ishlab chiqadi
S. Xalqaro standartlarni ishlab chiqishda bilvosita qatnashadi
D. Xalqaro standartlarni tartibga solib turadi
9. AICPAning «Kasbiy etika asoslari» kodeksining 4 qismini ko’rsating?
A. Kontseptsiya, o’zini tutish qoidalari, tushuntirishlar va etik me’yorlar
B. Asosiy qoidalar, o’zini tutish qoidalari, tushuntirishlar va etik me’yorlar
S. Kontseptsiya, izohlar, tushuntirishlar va etik me’yorlar
D. Kontseptsiya, o’zini tutish qoidalari, tushuntirishlar va izohlar
10. «Katta to’rtlik» tarkibiga kiruvchi auditorlik kompaniyalarining yillik
daromadining minimal miqdori qancha bo’lishi kerak?
A. 500 mln. AQSh dollari
B. 300 mln. AQSh dollari
S. 800 mln. AQSh dollari
D. 750 mln. AQSh dollari
11. Evropa iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar auditorlariga
qo’yiladigan malakaviy talablar qaysi hujjatda belgilangan?
A. 8-direktivada
B. 6-direktivada
S. 3-direktivada
D. 2-direktivada
Tayanch tushunchalar
Xalqaro auditorlik tashkilotlari, xalqaro auditorlik kompaniyalari, xalqaro
buxgalterlar federatsiyasi, Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari qo’mitasi,
Mustaqil auditorlarning xalqaro tashkilotlari, Xalqaro auditorlik tashkilotlarining
«Katta to’rtlik» guruhi, “PriceWaterhousCoopers” auditorlik kompaniyasi, “Deloitte
and Touch” auditorlik kompaniyasi, “Ernst and Young” auditorlik kompaniyasi,
“KPMG” auditorlik kompaniyasi.
|