shamollatish tabiiy shamollatish yoki aeratsiya deyiladi. Shamollatkichlar xonaga havoni uzatishi
va xonadan havoni chiqarishi yoki bir vaqtda buning har ikkalasini amalga oshirishi mumkin.
Shamollatkichlar ishlatish joyig’a qarab umumiy va mahalliy shamollatkichlarga bo‘linadi.
Umumlashtiruvchi shamollatkich butun
xonadagi havoni almashtirsa, mahalliy
shamollatkich esa ma’lum bir joylardagi havoni almashtiradi (6-rasm).
6-rasm. Havoni kiritish va chiqarish mexanik shamollatkichlari:
1-havo qabul kilgich;
2-havo uzatkichlar; 3-filtr; 4-kalorifer; 5-markazdan qochma Shamollatkich; 6-havoni xonaga
kiritish teshiklari; 7-havoni xonadan chiqarish teshiklari; 8-rostlash klapani; 9-havoni chiqarish
qurilmasi; 10-havo aylanishini ta’minlovchi uzatish qurilmasi; 11-xona.
Shamollatkichning samaradorligi shamollatish qurilmasining
quvvatiga va havo
almashtirishni tashkil etishning ma’lum qoidalariga rioya qilishga bog‘liq bo‘ladi.
Xonadan chiqarilayotgan havoni bevosita zararliliklar ajralayotgan joydan yoki ifloslangan
zonadan olish kerak. Bunda xonadan chiqarilayotgan iflos havo oqimini odamlar nafas oladigan
zona orqali yoki odamlar tez-tez bo‘ladigan zonadan o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Xonadan
tashqariga chiqariladigan iflos havoni shamol oqimi yaxshi bo‘lgan tomonga chiqarish lozim.(6.1-
rasm).
Dostları ilə paylaş: