Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari, mazmuni
6.1. jadval Ayrim rangli sirtlarni va materiallarni yorug‘likni qaytarish, yutish va o‘tkazish koeffitsientlari Tabiiy yoritilganlik yetarli bo‘lmagan holatda sun’iy yoritishdan foydalaniladi. Buning
uchun elektr lampochkalari, lyuminitsent lampalar, projektor kabilardan foydalaniladi.
Tabiiy yoritish turlari quyidagicha bo‘ladi:
-yondan yoritish, bunda ish joyini yon tomondan, ya’ni derazalar yordamida yoritish
bajariladi;
-yuqoridan yoritish, bunda yoritish yuqori tomondan bajariladi;
-kompleks yoritish usuli. Bunda yoritish ham yondan, ham yuqoridan bajariladi.
Ishlab chiqarish korxonalaridagi ish o‘rinlarini yoritishda xona devorlarining yorug‘lik
nurini qaytarish darajalari muhim o‘rin egallaydi. Nur qaytarish darajalari kattaligi nur qaytarish
koeffitsiyenti - K, ya’ni yo’zaga tushayotgan yorug‘lik nurining necha foizi tushuvchi yo’zadan
qaytishi ko‘rsatkichi bilan belgilanadi. Nur qaytarish koeffitsenti asosan 0,02 dan boshlanib, 0,95
qiymatgacha bo‘lishi mumkin. Xona devoridagi K ning miqdori 0,4 dan katta bo‘lsa, devorning
rangi yorug‘ fon, 0,2 dan 0,4 gacha bo‘lsa, o‘rtacha fon va 0,2 dan kichik bulsa qora fon deb
Sirtning yoki materialning rangi
s
s
s Qora
0,005
0,995
- Oq
0,80
0,20
- Ko‘lrang
0,35
0,65
- Qora-malla
0,15
0,85
- Moviy
0,10
0,90
- Oynarang
0,85
0,15
- Deraza oynasi
0,08
0,02
0,90
qaraladi.
Ishlab chiqarishdagi yoritish tizimlarini GOST 12.1.046-85 va QMQ II-4-79 «Tabiiy va
sun’iy yoritish» talablari bo‘yicha amalga oshiriladi.