Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti 60110500 – “Boshlang‘ich
ta’lim” yo‘nalishi III kurs 02/21-guruh talabasi Axmedova Shaxnozaxon
Abduraxim qizining ona tili fanidan “Sifat darajalari yuzasidan
mulohazalar” mavzusida yozgan kurs ishiga
RAHBAR XULOSASI
Ish o‘rinli reja asosida shakliy va mazmuniy birlikka
rioya etilgan holda
yoritishga harakat qilingan, mavzuga oid ma’lumotlar yetarlicha mavjud,
nazariy
ma’lumotlar o‘z o‘rnida amaliy asoslangan.
Kurs ishida kirish, ikki asosiy bob,
besh paragraf, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxati mavjud, bu mundarija asosida mazmun yetarlicha yoritishga
harakat qilingan.
Kirish – ishning umumiy tavsifi qismi yetarlicha ochib berilgan, fikrlar aniq
keltirilgan.
Sifat so‘z turkumining leksik
va grammatik xususiyatlari, sifat darajalarini
belgilash tamoyillari, oddiy
darajadagi sifatlar masalasi, ozaytirma daraja sifatlar
tasnifi muammolari, orttirma daraja sifatlarini yasash yo‘llari reja asosida yoritilgan,
yetarlicha izohga to‘xtab o‘tilgan. Ammo, sifat yuzasidan boshlang‘ich ta’limda olib
boriladigan ishlarni yoritish zarur emas edi.
Ish so‘ngidagi umumiy xulosa va adabiyotlar maqsadga mos keladi,
ularni
tartiblashda biroz noaniqlikka yo‘l qo‘yilgan.
Ishni diqqat bilan kuzatganimizda, quyidagi kamchiliklar ko‘zga tashlandi:
ishning ayrim o‘rinlarida imloviy, uslubiy va tinish belgilariga oid hamda texnik
nuqsonlar uchraydi.
Ishdagi ayrim nuqson va kamchiliklar uning mazmuniga katta salbiy ta’sir
qilmasligini
hisobga olib, kurs ishini 2022-yil 29-oktabrdagi “Qo‘qon davlat
pedagogika instituti kredit-modul tizimidagi talabalarning fanlardan kurs ishi
(loyihasi)ni tayyorlash bo‘yicha yo‘riqnoma” talablari asosida yozilganiga binoan
“qoniqarli” tugallangan ish sifatida baholayman hamda himoyaga tavsiya etaman.
Ish rahbari:
Isakov Zakirjon Soliyevich,
“Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi” kafedrasi
dotsenti, filologiya fanlari nomzodi.
04- noyabr 2023- yil.