Savol va topshiriqlar:
1.
Afsonalar qanday xususiyatlari bilan miflardan farqlanadi.
2.
Afsonalarning turlari haqida ma’lumot bering.
3.
Mustaqil ravishda afsonalarni yozib oling.
4.
Rivoyatlar qanday xususiyatlari bilan afsonalardan farqla
-
nadi.
5. O‘zingiz eshitgan rivoyatlardan parchalar keltirib tahlil qi -
ling.
Adabiyotlar:
1 .
Imomov K., Mirzayev, T., Sarimsoqov B., Safa rov O.
O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. T., «O‘qituvchi», 1990. 174—
180-betlar.
2.
Imomov K.
O‘zbek xalq og‘zaki prozasi. T., «Fan», 1981.
3.
Umarov S.
Rivoyat va hayot. T., «Fan», 1988.
LATIFALAR
Latifalar xalq og‘zaki ijodining hajm jihatidan kichik
nasr ko‘rinishida yaratiladigan kulgili ommaviy janri
hisoblanadi. «Latifa» atamasi arabcha lutf so‘zidan olingan
bo‘lib, nozik fikrlash, yaxshilik qilmoq, muruvvat ko‘rsat-
moq, sharaflamoq kabi ma’nolarni anglatadi. Turkiy
xalqlarda latifa janri boshga xalqlardagi kabi juda qadimda
yaratilgan. Olimlar bunday janr namunalarining ayrimlari,
hatto IX—XI asrlarda yaratilganligini ko‘rsatib o‘tishgan.
Professor Hodi Zarifovning qayd etishicha, latifalarning
56
1
Umarov S.
Rivoyat va hayot. T., «Fan», 1988.
bevosita Nasriddin afandi nomi bilan bog‘lanishini asosan
O‘zbekistonda matbaaning paydo bo‘lishi bilan, Nasriddin
afandi latifalarining kitob tarzida nashr ettirilishi bilan
izohlash mumkin. Haqiqatan ham, inson hech qachon
kulgisiz yashamaydi. Kulgi mehnat qilishni osonlashtiradi,
zerikarli mehnatni qiziqarli mashg‘ulotga aylantiradi, vaqt
o‘tishini tezlashtiradi. Shuning uchun qadim zamonlardagi
hokimlar qiziq-qiziq voqealarni kulgili tarzda ijro etadigan
odamlarni o‘z saroylariga taklif qilganlar, ularga alohida
lutf ko‘rsatganlar.
Hayotda har bir voqea-hodisadan kulgili vaziyat hosil
qilishga mohir odamlar ko‘p uchraydi. Ular o‘zlari ishtirok
etayotgan voqealarni juda sinchkovlik bilan kuzatadilar,
fikran xulosalaydilar va atrofdagilarning tabassumini pay do
qila bilgan tarzda so‘zlab beradilar. Tarixda Rashi
did din
Vatvot, Alisher Navoiy, Binoiy, Mashrab, Muqimiy, keyin-
chalik A. Qodiriy, G‘. G‘ulom, A. Qah hor, M. Shayx zoda,
S. Ahmad, E. Vohidov, O‘. Ho shimov, O. Matchon hayot-
larida kulgili voqealar ko‘p bo‘lgan. Shoir va yozuvchilar
bu hodisalar ta’sirida yumoristik, ba’zan, lirik asarlar yarat-
ganliklari haqida ma’lumotlar ko‘p. Masalan, O‘tkir
Hoshimov o‘zining shingil hikoyala
ridan birida kunlardan
bir kun taniqli yozuv
chimiz Said Ahmad bilan safarda
bo‘lganligini yozadi. Poyezdda ketishayotganida, Said
Ahmad O‘tkir Hoshi movga muxlislar tortiq qilgan guruch-
dan o‘zining xaltasiga solayotganini ko‘rib qoladi. Yosh
yozuvchi nima uchun ustozidan bunday qilayotganini
so‘raganida Said Ahmad «men ovsarman», — deb javob
bergan ekan. Shunda O‘tkir Hoshimov: «Agar ovsar
bo‘lsangiz, nima uchun o‘zingiz ning xaltangizdagi guruch-
dan menikiga solmaysiz», — debdi. Said Ahmad: «Unda
jinni bo‘lar edim» — deb javob bergan ekan. Bunday lati-
fanamo hodisalar uzoq ta
rixda ham ko‘plab ro‘y bergan,
albatta. Mana bir misol:
Qadim zamonlarda davr allomalaridan birini yoqtirib
qolgan podsho o‘z imoratining qarshisiga olim uchun
bolaxonali uy qurib beradi. Alloma dono va ilmli odam
ekan. Ammo uning tashqi qiyofasi juda xunuk ekan.
Kunlardan bir kun podsho tong pallasida o‘z tarafida to‘yib
nafas olayotsa, qarshidagi bolaxonadan olimning qiyofasi
ko‘rinibdi. Shunda podsho uning xunukligiga urg‘u berib:
— Mavlono, ko‘chaning narigi betida bir eshak turibdi-
mi? — debdi. Alloma shu zahoti hech ikkilanmay:
57
— Yo‘q, taqsir, men bu tomonga katta ko‘zgu oyna
qo‘ydirganman, — degan ekan. Ma’lum bo‘ladiki, yuqori-
da qayd qilingan hikoyadagi voqeaga monand hodisalar
keyinchalik latifalarning yaratilishiga sabab bo‘ladi.
Turli xalqlar latifalarining matnlarini o‘rganish tarixan
yashash hududi va tarzi jihatidan bir-biriga yaqin millatlar-
da shakl va mazmunan deyarli bir xil latifalarning mavjud
ekanligini tasdiqlamoqda. Jumladan, o‘zbek xalqining
Nasriddin afandi, Mulla Nasriddin, Xo‘ja Nasriddin degan
nomlar bilan mashhur bo‘lgan latifa qahramoni hindlarning
Birbol, turkmanlarning Mirali, qozoqlarning Aldarko‘sa,
arablarning Juxa kabi qahramonlari bilan o‘xshashdir. Bu
qahramonlar haqidagi asarlarda podshohlar, amaldorlar,
qozilar, bolalar, oila kabi mavzularning alohida-alohida
turkum tarzida kelishining o‘zi ham fikrimizning dalilidir.
Masalan
, Birbol latifalarida kunlardan bir kun shoh Akbar
unga bir qaltis hazil qilishni va bu hazilning kechirimi
undan ham qaltisroq bo‘lishini topshiradi. Birbol bu top-
shiriqni qabul qiladi. Oradan bir necha kun o‘tganidan
so‘ng Birbol hech kim yo‘q vaqtida podshohning belini
chimchilab oladi. Shoh g‘azab bilan: «Bu nima qilga
-
ning», — deb so‘raganida, Birbol: «Kechirasiz, shohim,
sizni malikam deb o‘ylabman», — deb javob beradi. Qizig‘i
shundaki, aynan shu mazmundagi latifa o‘zbeklarda ham,
turkmanlarda ham, ozarbayjonlarda ham mashhurdir.
Bunday holat latifalarning o‘ta yashovchanligini, xalq
tomonidan sevib qabul qilinishini dalillaydi.
O‘zbek Nasriddin afandi latifalarida bosh qahramon o‘ta
hozirjavob, o‘ta zukko, o‘ta dono va tadbirkor inson sifatida
gavdalanadi. Hayotda uni mot qiladigan hodisa yo‘q va
bo‘lishi ham mumkin emas. Chunki dono va mutafakkir
Nasriddin afandi qiyofasida butun xalqning, butun millat-
ning so‘zga chechanligi, zakiy, ya’ni nozik fikrlashi o‘z ifo-
dasini topgandir. Latifalarning e’tiborli, tinglovchini o‘ziga
jalb qiluvchi fazilati shundan iboratki, ularda savol-javob
qilayotgan taraflar bir-birini butkul yechimi topilmas
vaziyat da qoldirishga urinadilar. Bu ko‘rinishdagi eng og‘ir
qismat asosan Nasriddin afandi peshonasiga muhrlab qo‘yil-
gandir. Nasriddin afandining so‘zga chechanligi shundan
iboratki, u hamisha vujudga kelgan vaziyatda o‘ta chiroyli
tarzda yechim topib o‘z qismatiga yengillik bag‘ishlaydi. Bir
misolga murojaat qilaylik: Kunlardan bir kun Afandi saroy-
ga kelgani zahoti podsho uni suhbatga jalb qilibdi: «Bugun
58
tunda, — debdi podsho, — afandi bilan ikkalamiz tush
ko‘rdik». Afandi rizolik alomatini ko‘rsatibdi. Podsho
davom etibdi : «Afandi bilan men tushimizda yosh mushuk
bolasiga aylanib qolibmiz. Osmondan bir kalxat tushib
ikklamizni ikki changaliga olib parvoz qilibdi. Ammo shu
yaqin orada paydo bo‘lgan burgutning hamlasidan qochib,
ikkalamizni changalidan bo‘shatib yuboribdi. Men shinni
o‘raga tushibman, afandi nopok o‘raga tushibdi». Shunda
saroydagilar afandi ustidan kulganday bo‘lib, qah-qaha
ko‘tarishibdi. Afandi hech ikkilanmasdan: «Shohim, tushi -
mizning qolgan davomini ham ayting-da, — debdi. Birdan
aytilgan gapdan sarosimaga tushgan podshoh, ikkilanib:
«Xo‘sh-xo‘sh, davomida nima bo‘lgan edi? — deb so‘rashga
majbur bo‘libdi. Afandi: «Siz shinni o‘radan chiqdingiz,
men nopok o‘radan chiqdim, to‘g‘rimi?» — debdi.
— Ha-ha, — debdi podsho, — juda to‘g‘ri.
Shunda afandi: «Men sizni yaladim, siz meni yala
-
din giz» — deb javob bergan ekan.
Ma’lum bo‘ladiki, Nasriddinning vaziyatni to‘g‘ri baho-
lashiga va favqulodda to‘g‘ri yechim topishiga tasanno ayt-
masdan ilojimiz yo‘q. Afandi latifalari matnini o‘rganish
qahramonimizning o‘zbek tilini, uning boy imkoniyatlarini,
qochirimlarini juda yaxshi his qilishini dalillaydi. Nasriddin
bir ko‘rinishda soddagina bo‘lib, tilimizning go‘zal jihatla -
rini namoyish qilib qo‘yadi:
— Kunlardan bir kun afandi katta bir amaldorni «Siz
ahmoqsiz», — deb haqorat qilgan ekan, amaldor uni qozi-
ga boshlab boribdi. Qozi amaldorning xizmatini afandiga
tushuntirib, so‘zining oxirida «siz ahmoq odam emassiz», —
deyishini buyuribdi. Afandi qozining buyrug‘ini shu zahoti
bajarib: — «Siz, ahmoq, odam emassiz», — debdi.
Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, afandi latifalarida
biz o‘zbek xalqining asrlar davomida shakllangan kulgini
sevish tabiatiga guvoh bo‘lamiz.
Ammo afandi latifalarida qahramonimizning yana bir
xususiyatini ham ko‘rishimiz mumkin. Bu xususiyat afan-
dining o‘ta soddaligi bilan belgilanadi. Endi biz bu qahra-
monning turmushdagi murakkab vaziyatlarni singdira
olmaydigan, o‘z boshiga va nomiga mos kelmaydigan dara-
jadagi o‘ta go‘lligi bilan tanishamiz: Afandi ko‘chada keta -
yotib, kichkina bir ko‘zgu-oyna topib olibdi. Uni qo‘liga
olar ekan o‘z aksini ko‘rgan zahoti: — E, kechirasiz, oyna
siznikimidi, — deb tashlab ketibdi. Savol tug‘iladi. Bu lati-
59
falarning yaratilishidan xalq qanday maqsadni ko‘zda tut-
gan bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, xalqimiz ijtimoiy
hayot tashvishlaridan zerikkan ba’zi paytlarda shunchaki
ko‘ngil xushligi uchun ham kulgi yaratish istagini bildiradi.
Bu mazmundagi latifalardan murakkab vaziyat izohlarini
axtarish to‘g‘ri emas. Ularni xalq faqat bir yengil kulgiga
tashnaligi tufayli yaratgan xolos. «Kunlardan bir kun tunda
afandi suv olmoqchi bo‘lib, quduqqa chelak tashlasa, quduq
tubida oy ko‘rinibdi. Afandi xotinini chaqirib, arqon olib
kelishini buyuribdi. U arqon bilan quduqdan oyni chiqar-
moqchi bo‘lgan ekan-da. Quduqqa tashlangan arqon qay-
sidir ildizga ilinib qolibdi. Afandi zarb bilan arqonni tort-
gan ekan, chalqanchasiga yiqilib tushibdi. Nogoh uning
ko‘zi osmondagi oyni ko‘rgani zahoti: «Xayriyat, chiqarib
olibman-ku», — debdi».
Afandi latifalari xalqimiz og‘zaki ijodidagi kulgi yaratuv -
chi hajm jihatidan kichik, go‘zal durdonalar hisoblanadi.
O‘zbek xalqining donoligi, hozirjavobligi, o‘z taqdirida-
gi murakkab vaziyatga bo‘lgan munosabatlari haqida ma’lu-
mot olmoqchi bo‘lgan inson ana shu latifalar bilan ta
-
nishishi mumkin.
LOFLAR
Loflar xalqimiz og‘zaki ijodining kulgi yaratuvchi nasriy
janri bo‘lib, bu jihatdan latifa va askiyaga yaqin turadi. Bu
so‘z ma’no jihatdan haddan tashqari bo‘rttirilgan, mahorat
bilan to‘qilgan yolg‘on gap, mubolag‘a, maqtanchoqlik
tushunchalarini anglatadi. Ma’lumki, deyarli har bir shaxs
tabiatida o‘ziga qarashli narsa yoki xususiyatni
boshqalarnikidan bo‘rttirib ko‘rsatish xislati bor. Ayniqsa,
yosh bolalar o‘zlarining onalarini hamma onalardan chi-
royli, otalarini hammadan kuchli ko‘rishni istaydilar. Bola -
ligimizdagi aynan shu xususiyat ulg‘ayganimizda ham bizni
tark etmaydi. Natijada, biron voqea-hodisani hikoya qilga-
nimizda avvaliga oz-oz, vaqt o‘tgani sari ko‘p-ko‘p to‘qima
lavhalarni o‘ylab topamiz.
Dostları ilə paylaş: |