emas, balki qulay sharoit kelgani zahoti xalq dostonla rida
ko‘rsatishga uringan.
Masalan
, Ravshan dostonida Hasan
safarga otlangan o‘g‘liga nasihat qilib shunday deydi:
Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot,
Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot.
Nasihatim yodingda tut, yolg‘izim,
Yolg‘iz yursa chang chiqarmas yaxshi ot.
Ergash shoir butun hayoti davomida o‘z vatanini, ona
yurtini sevdi, e’zozladi. Shuning uchun u qalbidagi bu
muhabbatni ijro etayotgan dostonlaridagi qahramonlar
xatti-harakati orqali ifodaladi. U kuylagan Go‘ro‘g‘li turku-
midagi doston qahramonlari mardligi, halolligi, to‘g‘ri
so‘zligi bilan tinglovchilarni o‘ziga maftun etardi.
«Ravshan» dostonida Hasanxon dorga olib kelinayotgan
o‘g‘lini shu zahoti qutqarmoqchi bo‘lganida, Jaynoq
masxaraboz unga avval Ravshanni sinash kerakligini masla-
hat qiladi. Hasanxon rozi bo‘ladi. Qoraxon podshohning
mulozimlari Rav
shanga o‘z yurtidan, Go‘ro‘g‘lidan voz
kechsa, Zulxumorni unga berishlarini, shu yurtga —
Shirvonga Ravshanni podshoh bo‘lib qolishini aytadilar.
Shunda yosh yigit dor ostida mag‘rur turib:
«Sen aytgan odaming, zolim, men emas,
Bir nechalar o‘z holini tenglamas,
Men o‘lmasam, o‘z elimdan kechmayman!
Aziz boshing oyog‘imga teng emas!»
— deydi.
Bunday misralar doston ijro etilayotgan hududlardagi
yuzlab mard o‘g‘lonlarning tarbiyasiga ta’sir qilgan. Shoir
yurt mehri haqida ularga ortiqcha nasihatlar qilmay yurak-
lariga ona diyor qimmati naqadar ulug‘ ekanini singdirib
qo‘yaqoladi.
Professor Hodi Zarifov shoir hayotining so‘nggi davri
haqida hikoya qilib, baxshi o‘z yurtiga borib, bir qator
qo‘lyozmalarni topmoqchi bo‘lganini, yangi-yangi ter-
malar, dostonlar aytib berishga va’dalar qilganini yozadi.
Biroq og‘ir kasallikdan shoir 1937-yil 12-may kuni vafot
etadi. Zukko baxshidan qolgan badiiy meros bugungi kunda
yurtimiz kelajagi uchun xizmat qilmoqda.
Dostları ilə paylaş: