“Kompyuter injiniring” fakulteti Kompyuter injiniringi yo’nalishi



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix25.11.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#134317
1   2   3   4   5   6   7
Mustaqil ish Mavzu Pentium 4 da kesh xotirani tashkil etish-fayllar

Registrli 
kesh-xotira - nisbatan katta sig’imli yuqori tezlikli xotira bo’lib, u AX va 
MP o’rtasida buferdir va amallar bajarish tezligini oshirish imkonini beradi. Uni 
berish generatorining taktli chastotasi 40 MGc va undan yuqori bo’lgan SHK larda 
yaratish maqsadga muvofiqdir. Kesh-xotira registrlariga foydalanuvchi murojaat 
ega olmaydi, shuning uchun ham uni kesh (Cache) deb nomlangan, bu ingliz 
tilidan tarjima qilganda «maxfiy joy» ma’nosini bildiradi.
Kesh-xotirada MP olgan yoki o’z ishining yaqin taktlarida oladigan qiymatlar 
saqlanadi, bu qiymatlarga tezda murojaat qilish dasturning navbatdagi buyruqlarini 
bajarish vaqtini qisqartirish imkonini beradi. Dasturning bajarilish vaqtida AX dan 
birmuncha ilgari uqilgan qiymatlar kesh-xotiraga yoziladi.
Natijalarni yozish principi bo’yicha kesh-xotiraning ikki tipi bor:
• 
«teskari yoziladigan» kesh-xotirada 
amallarning natijalari u AX ga yozilishidan 
oldin kesh-xotirada qayd qilinadi, keyin esa kesh-xotira nazoratchisi bu 
qiymatlarni mustaqil ravishda AX ga qaytadan ko’chirib yozadi;
• «to’g’ridan to’g’ri yoziladigan» kesh-xotirada amallarning natijalari bir vaqtning 
o’zida parallel ravishda ham kesh-xotiraga, ham AX ga yoziladi.
80486 MP laridan boshlab mikroprosessorlar o’zining 
sozlangan xotirasiga (yoki 
1-darajali kesh-xotiraga) 
ega, shu bilan, xususan, ularning yuqori unumdorligi 
kelib chiqadi. Pentium va Pentium Pro mikroprosessorlari qiymatlar uchun alohida 
va buyruqlar uchun alohida kesh-xotiraga ega: Pentium da bu xotira sig’imi katta 
emas - 8 Kbaytdan, Pentium MMX da - 16 Kbaytdan, Pentium Pro da 1-darajali 
kesh-xotiradan tashqari, mikroprosessor platasiga sozlangan va 
mikroprosessorning taktli chastotasida ishlaydigan, sig’imi 256 yoki 512 Kbayt 
bo’lgan 2-darajali kesh-xotira ham mavjuddir.
Shuni inobatga olish kerakki, hamma MP larda 2-darajali qo’shimcha kesh-xotira 
ishlatilishi mumkin, u MP dan tashqarida bosh platada joylashtiriladi va sig’imi bir 
necha megabaytlargacha etishi mumkin.
Izoh. 
Tezkor xotira dinamik (Dynamic Random Access Memory - DRAM) yoki 
statik (Static Random Access Memory - SRAM) tipidagi mikrosxemalarda 


qurilishi mumkin. Xotiraning statik tipi sezilarli darajada yuqoriroq tezkorlikka 
ega, lekin dinamik tipga qaraganda ancha qimmatroqdir. SRAM registrli xotiraning 
(MPX va kesh-xotira) asosi hisoblanadi, asosiy xotirada TeSKJK, ning asosini 
odatda DRAM-mikrosxemalar tashkil etadi.
Hozirda xotira mikrosxemalari, odatda 8 ta yoki 16 tali guruxlarga birlashtirilib 
bitta kichikroq plataga o‘rnatilgan xolda ishlab chiqarilmoqda va sotilmoqda (2.8-
rasm). Bunday platalar 
xotira modullari 
deb ataladi. 
2.7-rasm. Uch sathi kesh-xotiraga ega tizim. 



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin