1
Holmes B.Comparative Education: Some Consideration of Method. London, 1981.
1
The National Curriculum 5-16: a consulltation document. London, 1987.P.7.
88
maktab
Sinf
I II III IV V VI
VII VIII
70-yillar
25 26 28 31 33 33
34 34
80-yillar
25 26 28 29 29 29
30 30
uringanlar, o’quv reja va dasturlarni ko’proq egiluvchan, bolalarning qiziqishiga
yo’naltirgan holda ishlab chiqarganlar deydi, yapon pedagogi I.Kazuo.
1
1988 yilda Fransiyada maktab dasturlarini ko’rib chiquvchi komissiya
tuzilgan, ta’lim mazmunini isloh qilishning asosiy sababi matbuotda e’lon qilingan
(1989), unda ta’lim mazmunini majburiy qism, ya’ni bilimlarning asosini o’zida
mujassamlashtirgan (har bir inson uchun albatta zarur bo’lgan), qo’shimcha qism
dasturi yakka tartibdagi qobiliyatni hisobga olgan holda o’qitish, shuningdek,
qo’shimcha, mustaqil ta’lim olish nazarda tutilgan.
2
Bu tamoyillar 90-yillar reformasida o’z aksini topdi va majburiylik mazmuni
qisqartirildi.
Shuningdek, Xitoy ham ta’lim tizimining majburiy standartlarini qisqartirish
yo’lidan bordi, hamda 80-yillar o’rtalarida barcha uchun yagona o’quv rejasi,
dasturi va darsliklarini ishlab chiqishda markazlashtirish hukmronlik qildi.
Ta’lim jarayoni qatnashchilarning yuklamalarini kamaytirish, ularning
qiziqishlaridan kelib chiqib, qo’shimcha darslar 10% (kichik o’rta
maktablarda)yuqori maktablarda 20-30%ga qisqartirilgan.
1
60-70 % o’quv dasturi (majburiy fanlar)ni XXR Davlat ta’lim qo’mitasi
tasdiqlasa, qolganlarini tegishli provinstiyalar, mahalliy tegishli organlar
tasdiqlaydilar.
Sharqiy va Markaziy Yevropada ta’limni isloh qilish, milliy standartni
yaratish masalasi bilan bog’liq bo’lgan ushbu yo’nalishga Vengriya misol bo’la
oladi.
Vengriya pedagogi Z.Batori o’quv rejalari va dasturlari, shuningdek, alohida
darsliklarni yaratish (80-yillar oxirida) markazlashgan xarakterga ega ekanligini
ta’kidlaydi, «ta’lim mazmunining ayrim sohalarida bilim keragidan ko’ra ko’proq
edi»
2
deydi u.
1992 yil Vengriya pedagoglar guruhi milliy o’quv rejasining loyihasini
tayyorladilar, bu reja 6 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan o’quvchilarga mo’ljallab
tuzilgan bo’lib, quyidagi fanlar bo’yicha edi: ona tili, chet tili, matematika, tabiiy
fanlar, inson va jamiyat, san’at, texnika madaniyati va atrof muhit, hayot, oila, uy
1
Kazuol. School Education in Japon. Tokio, 1989, P.25,
2
Principes pour une peflexion sup les contenus dei lenseignement Iee Monde de Education. 1989. № 159.p.15-20.
1
Боревская Н.Е. Новые учебные программы в КНР. Педагогика. 1993. № 3.С.106.
2
Bathory Z. A National Core Curriclulum and the Democratization of Public Education in
Hungary// Curriculum Studies. 1993. Vol.1 . N.1. P.94.
89
iqtisodi, jismoniy tarbiya va sport. Mazkur fanlarga o’quv vaqtining 80 % i
ajratilgan edi.
1993 yilda «Ta’lim to’g’risida»gi qonunning loyihasi ishlab chiqilgan.
Qonun loyihasi muhokamasida har xil yondashuvlar yuzaga kelgan: ayrim guruhlar
ta’limni markazlashtirish, davlatning muntazam boshqaruvini o’rnatish tarafdorlari
bo’lgan bo’lsalar ayrimlari esa maktabga to’la erkinlik berish markazlashtirmaslik
tarafdorlari edilar.
Shunday qilib 80-yillarning ikkinchi yarmi va 90-yillarning boshidagi
Ta’lim standartini yaratishga bo’lgan har xil qarash va va urinishlar bir tomondan
o’quv rejalari va dasturlarini qisqartirish yo’lidan borgan bo’lsa, boshqalari
aksincha, ko’paytirish tarafdori edilar.
Shu o’rinda shuni ta’kidlash joiz, agar savodxonlikning an’anaviy bo’lib
kelgan tushunchasi o’qish, xat va hisob o’rganishdan iborat bo’lgan bo’lsa, 90-
yillar boshiga kelib esa, bu tushuncha ancha kengaydi. Taylandda o’tkazilgan
«Ta’lim barcha uchun» mavzuidagi (1990 y) Butundunyo Konferenstiyasida
shunday deyilgan: «Ta’lim yo’nalishi tushunchasining o’zi kengaytirilishga
muhtoj», shuningdek, «bilim va yangiliklarning keng qamrovliligi hayot uchun
zarurdir».
1
Har xil mamlakatlarning pedagog va ta’lim sohasi arboblari ta’limni isloh
qilishda xar xil yo’ldan borishgan.
Birinchidan, barcha mamlakatlar o’quv rejalariga zamonaviy predmetlar va
kurslar kiritishni, shuningdek, o’quv predmetining yangi materiallar bilan
boyitishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’yganlar.
Ikkinchidan, ta’lim mazmunini qayta qurishning muhim yo’nalishlari
sifatida o’quv dasturlarini fundamentallashti-rishni zarur deb hisoblaganlar.
Uchinchidan, bilimlarning integrastiyasini, o’quv dasturlarini mukammal
yaratishni ilgari surdilar.
U yoki bu qarashlarni ko’rib chiqib, ta’limning mazmunini
modernizastiyalash xarakterida ekanligining, bunda asosiy o’quv fanlari majmui –
tabiiy-matematik va gumanitar fanlarga alohida e’tibor qaratilganligiga amin
bo’ldik.
80- yillarning oxirida tabiiy ilmiy va matematik ta’limni isloh qilish zarur
edi. Chunki mazkur fanlar sohasida yangilanishlar mavjud edi.
Shuning uchun mamlakatlarda birinchi o’rinda e’tibor tabiiy-matematik
ta’limga qaratilgan.
AQSHning o’rta maktablarida tabiiy fanlarni o’rganishning majburiyligi barcha
maktablarga taalluqli emas edi. Ko’plab shtatlarning hukumat komissiyasiga
tavsiyasi bilan o’rta maktablarning yuqori sinflarida matematika va tabiiy fanlar
uch yil mobaynida, informatika esa yarim yil mobaynida o’qitiladigan bo’ldi.
Buyuk Britaniyada esa «Ta’limni isloh qilish to’g’risida»gi qonun (1988
y)ga muvofiq tabiiy fanlarni o’qitish majburiy bo’lmagan boshlang’ich va to’liqsiz
1
Final Report World Confepence on Education for All: Mrrting Basic Leapning Needs. 5-9 March 1990. Somtien,
1990.P.7.
90
o’rta maktablarda tabiiy fanlarni majburiy maktablarning barcha o’quvchilari
uchun majburiy qilib belgilangan.
1
Shuningdek, 80- yillarda GDRning ayrim erlarida Asosiy maktabning o’rta
sinflarida matematika fanlarini o’rganish haftasiga 4-5 soat o’quv soatiga
ko’paytirilgan.
Tabiiy bilimlarni oshirishga intilish nafaqat rivojlangan mamlakatlar uchun,
balki, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham xarakterlidir. Shu o’rinda xind
pedagogi U.S.Choudxarining quyidagi so’zlarini keltirib o’tish joiz:
- «Dunyo tabiiy fanlar inqilobidan qayg’uradi. Uning markazi industrlashgan
davlatlar bo’lsa, hayotning barcha jabhalarida uning ta’sirini sinab ko’ruvchi
rivojlanayotgan mamlakatlardir.»
2
Tabiiy ilmlarni oshirish avvalambor diqqat e’tiborga muhtoj bo’lgan
davlatlarga taalluqli bo’lgan predmetlar Shimoliy va Markaziy Yevropada ta’lim
mazmuni egallagan, ya’ni oshirilgan, yoki MDH davlatlarida kamaytirilgan. Afrika
mintaqaviy konferenstiyasida (1982 yil) shunday deyilgan: «qit’adagi mamlakatlar
tabiiy bilimlarni yangilash uchun yangi dastur va darsliklar tayyorlamoqdalar.
1
Shuningdek, asosiy e’tibor (o’qitishda) o’quvchilar kundalik xayot bilan
bog’liq bo’lgan hayotiy bilimlarni oshirishlarida deyilgan.
Buyuk Britaniyada matematikani o’qitish komissiyasining dokladida (1988
y) bu fan sohalari quyidagilarga ajratildi: maktabda o’rganish uchun zarur bo’lgan:
hisob, algebra, gemetriya, statistika va ehtimollar nazariyasi, algoritm, elementar
dasturlash kabilar.
2
Mualliflar o’z nutqlarida matematikaning hayot-mehnat
faoliyati uchun zarur bo’lganlariga asosiy e’tiborni qaratgan.
80-90- yillar dunyo mamlakatlari ta’lim mazmunidagi islohotlarda tabiiy
fanlarning integrastiyalashuvi vujudga kelgan.
Integrastiyalash
modeli
o’quv
materiallarining
yuqori
darajada
integrastiyasi, masalan, «energiya» mavzusi fizika fanida o’tiladigan bo’lsa,
biologiya va ximiya fanlarida boshqa mavzular orqali bir-birisi bilan bog’langan.
Shuningdek, mazkur uchta fanlar ketma-ketlik asosida o’rgatilgan. Ya’ni
biologiya, fizika, ximiya alohida o’rgatilgan, lekin bir vaqtda emas.
Tabiiy bilimlar kursidagi bu kabi yondashuvdan Yaponiya’ning kichik o’rta
maktablarida foydalanilgan.
Amerika pedagogi R.Fogarti fanlar integrastiyasining o’nta variantini
ajratgan.
Ular predmet ichida integrastiya, predmetlararo, ikki yoki undan ortiq
predmetlar yig’indisi.
Shuningdek, mavzu bo’yicha birlashtirilgan materiallar, yangilik yoki
tushunchalar haqidagi integrastiyalashgan o’quv dasturlari va kurslari kabilar.
Integrastiyalashtirishning oliy darajasi sifatida har xil fanlar sohasidagi
maktablarning yuqori sinflari, oliy o’quv yurtlari yoki aspiranturalar uchun
Dostları ilə paylaş: |