O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
A.A. ABDUMALIKOV
ELEKTRODINAMIKA
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta Tim vazirligi
tomonidan 5140200
—
«Fizika» ta ’lim yo'nalishi talablari uchun
darslik sifatida tavsiya etdgan
Cho
Toshkent — 2011
TATU
S a m a rq a n d fHiali
A x b o r o t - r e s u 'S
№
. .
L J -
‘Ipon nomidagi nashnyot-тсЩша ijodiy uyi
UDK: 537.8(075)
BBK 22.31ya73
A15
Taqrizchilar:
К.A. Tursunmetov
—
fizika-matematika fanlari doktori, professor,
A. Boydedayev — fizika-matematika fanlari doktori, professor
Abdumalikov A.A.
A15
Elektrodinamika: universitetlar va pedagogik universitetlar uchun
darslik / A.A.Abdumalikov. - Т.: Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa
ijodiy uyi, 2011. — 344 b.
ISBN 978-9943-05-408-0
Mazkur darslik nazariy fizika kursining elektrodinamika qismiga
bag‘ishlangan bo'lib, maxsus nisbiylik nazariyasi, mikroskopik va makroskopik
elektrodinamika bo‘limlarini qamrab oladi. Mavzulami tanlash va ulami bayon
qilishda Mirzo Ulug'bek nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy universiteti nazariy
fizika kafedrasida ishlab chiqilgan namunaviy o‘quv dasturga amal qilindi.
Darslikda asosiy e’tibor fizikadagi asosiy prinsiplargatayangan holdauzluksiz
ravishda maxsus nisbiylik nazariyasi va elektrodinamika qonunlarining va
muhim effektlaming fizik mohiyatini ochishga qaratilgan.
Ushbu darslik oliy
ta’lim muassasalari fizika, astronomiya va texnika yo'nalishida ta’lim olayotgan
talabalarga mo'jallangan.
UDK: 5378(075)
BBK 22.31ya73
ISBN 978-9943-05-408-0
© A.A. Abdumalikov, 2011
© ChoMpon nomidagi nashriyot-m atbaa ijodiy uyi, 2011
So4zboshi
Nazariy fizika bo'limlarini bir butun holda qam rab olgan fan va
texnikaning zamonaviy yutuqlarini aks ettiruvchi o‘zbek tilida yozilgan
darslik mavjud emas. B undan tashqari, oxirgi o‘n
yillarda fizika va u
bilan bog‘liq sohalarning intensiv rivojlanishi mavjud bo‘lgan (asosan
rus tilida) va eskirgan o‘quv qo'llanm alarda o‘z aksini topm agan.
Fizikaning zamonaviy yutuqlariningtexnika va texnologiyaga, ham-
da fizika bilan bog'langan fanlarga (ekologiya, geofizika, astrofizika,
biologiya, tibbiyot va boshqalar) kirib borishi soha mutaxassislaridan
keng spektrdagi elektrodinamika masalalarini yechish m etodlarini egal-
lagan bo'lishini talab qiladi. Shu vaqtda elektrodinamikaning o‘zi va
tatbiqiy masalalari ju d a kengayib ketganligi sababli
b itta darslikda un-
ing ham ma jabhalarini qam rab olish mumkin emas. Bundan tashqari
oliy t a ‘lim tizim ida mustaqil ravishda ulmiy izlanishlar olib bora oladi-
gan va muhim m asalalarni yecha oladigan mutaxassislarni tayyorlashga
katta e’tibor qaratilganligi bois, talabalarning mustaqil saboq olishining
ulishi kundan kunga oshub bormoqda.
Yuzaga kelgan bu sharoit nazariy fizika bo‘yicha yangi tipdagi dars-
liklar majmuasini yaratishni ta ‘qazo qiladi. 0 ‘quvchilarga havola qili-
nayotgan ushbu kitob nazariy fizika kursi bo'yicha 4 jildli “Nazariy fizika
kursi” darsligining ikkinchi jildi hisoblanadi. Klassik o‘quv qo‘llanma-
larda va darsliklarda elektrodinamikaning asosiy tenglamalari fenome-
nologik, ya’ni tajrib a natijalarini umumlashtirish yo'li bilan yoziladi.
Elektrodinamika qonunlarini o‘rganishda bunday yondoshish ushbu fan
ning rivojlanish tarixi bilan ham ohang bo'lib,
umumiy fizika kursidan
deyarli farq qihnaydi, faqat biroz murakkab m atem atik apparatdan
foydalaniladi.
Darslikda mavzularni bayon qilish tartib i muallifning Mirzo Ulug‘-
bek nomidagi 0 ‘zbekist,on Milliy universitetida, Buxoro davlat univer
sitetida va Nizomiy nomidagi pedagogika universitetida leksiyalar o‘qish
jarayonida to ‘plagan ko‘p yillik tajribasiga asoslangan bo‘lib, prinsipial
ravishda odatdagi yondashishdan farq qiladi.
Asosiy urg'u ta b iat qonunlarini aks ettiruvchi
fundam ental prin-
siplar - fazo va vaqtning bir jinsliligi va izotroplik xossalariga tayangan
holda, nazariy fizikaning zamonaviy metodlari orqali uzluksiz ravishda
niaxsus nisbiylik nazariyasi va elektrodinamika qonunlarini va muhim
‘'ffoktlaming fizik mohiyatini ochishga qaratilgan. Bunda tajribalarning
lQh inkor etilmaydi.
Tajribalarga ikki holda tayaniladi: Birinchidan,
Galiley zamonidan
Eynshteyn davrigacha olib borilgan izlanishlar natijasida vaqt va fazon-
ing xossalari to !g‘risidagi fundam ental prinsiplarning qaror topishida
tajrib alar muhim rol o‘ynagan. Ikkinchidan, nazariy yo‘l bilan aniqlan-
gan qonunlarning to ‘g‘ri ekanligini tasdiqlashda tajribalar muhim aha-
miyat kasb etadi. Ushbu darslikda tanlagan yo‘l tajribalarda kashf qilin-
gan tabiat qonunlarining fizik mohiyatini ochib
berish va tushunturish
bilan bir qatorda yangi qonunlarni kashf etishga zamin yaratadi.
Darsliklar majmuasining ushbu jildi uch qismdan iborat. Birinchi
qism