9.7 9-bobga oid m asala va savollar 1 . Nuqtaviy zaryad
q dielektrik singdiruvchanligi
£\ va
£2 bo‘lgan bir
jinsli cheksiz ikkita dielektrikni ajratuvchi chegaxada joylashgan.
Elektr
maydon potensiali
tp , kuchlanganligi
E
va induksiyasi
D
ni toping.
2 .
q nuqtaviy zaryad joylashgan to‘g‘ri chiziqdan a i,
a 2 va
«3 (ai +
a 2 + аз = 27г) yassi burchaklar hosil qilib uchta yarimtekislik chiqqan.
Ularning oralig'i singdiruvchanliklari mos ravishda
E\, £ 2 , £3 bo'lgan
bir jinsli dielektriklar bilan to‘ldirilgan. Uchta sohadagi elektr maydon
potensiali
, kuchlanganligi
E
va induksiyasi D ni toping.
3. Zaryadi
q bo'lgan o'tkazuvchi shar markazi ikkita cheksiz bir jinsli
va
£2 singdiruvclianlikka ega dielektriklar yassi chegarasida joylashgan.
Elektr maydonning potensiali
ip ni hamda shardagi zaryad taqsimoti
a ni toping.
4. Dielektrik singdiruvchanligi
£ bo'lgan bir jinsli muhitda joylashgan
q zaryadli radiusi
a ga teng bo'lgan o'tkazgich shar hosil qilayotgan elek
trostatik maydon energiyasini hisoblang.
5. Zaryadi tekis taqsimlangan va radiusi
a ga teng bo'lgan dielektrik shar
hosil qilayotgan maydon energiyasini toping. Sharning dielektrik singdi
ruvchanligi £ va zaryadi
q ga teng. Shar vakuumda joylashgan deb
hisoblang.
6. Fizik kattaliklarni o'rtachalashdan maqsad nima?
7. Fizik kattaliklarni o'rtachalash fo'rmulasi yozing.
8. Muhitning qutblanishi deganda nimani tushunasiz?
9. Tok zichligining o'rtacha qiymati ifodasini keltirib chiqaring.
10. Muhitga faqat elektr maydon ta’sir qilayotgan bo'lsa, tok zichligining
o'rtacha qiymati ifodasi qanday bo'ladi?
11. Bog'langan zaryadlar tokining zichligi qanday tok zichliklaridan iborat?
12. Muhitda tok qanday zaryadlar hisobiga yuzaga keladi?
13. Makroskopik elektrodinamika (yoki muhit) uchun Dalamber tenglama-
lari qanday ko'rinishda bo'ladi?
14. Magnit induksiya vektorining normal tashkil etuvchisi uchun chegaraviy
shartni keltirib chiqaring.
15. Elektr induksiya vektorining normal tashkil etuvchisi uchun chegaraviy
shartni keltirib chiqaring.
16. Elektr maydon kuchlanganligi vektorining tangensial tashkil
etuvchisi
uchun chegaraviy shartni keltirib chiqaring.
17. Magnit maydon kuchlanganligi vektorining tangensial tashkil
e tu v c h is i
uchun chrgaraviy shartni keltirib chiqaring.
18. Maksvell tenglamalaridan foydalanib muhitda elektromagnit
m a y d o n
energiyasining saqlanish qonunini keltirib chiqaring.
'