(Ri < R 2 ) bo'lgan silindrik kondensator qoplama
lari orasidagi potensiallar farqi
V. Qoplamalar orasida kuchlanganligi
silindr o'qiga parallel bo'lgan aksial magnit maydon
(H) bor. Katod
vazifasini bajaiuvchi ichki qoplamadan boshlang'ich tezligi nolga teng
bo'lgan elektronlar chiqadi. Magnit maydon ta’sirida elektronlarninj
traektoriyasi buriladi. Qoplamalar orasida magnit maydon oqimi Фс
qanday bo'lganda. elektronlar anod vazifasini bajaruvchi ikkinchi qo-
plamaga yetib borolmaydi.
17. Bir jinsli magnit maydonda harakatlanayotgan zaryadlangan zarracha-
ga magnit maydonga perpendikulyar yo'nalishda nomagnit xususiyatga
ega bo'lgan qo'shimcha
F kuch ta’sir qiladi. Qo'shimcha kuch ta’sirida
yuzaga kelgan ko'ndalang dreyf tezligini aniqlang.
18. Chiziqli zichlik
x bilan tekis zaryadlangan ip laboratoriya sanoq sis-
temasida o'zining uzunligi bo'ylab
v tezlik bilan ko'chmoqda. Ipdan
r masofada joylashgan nuqtaviy zaryad aynan shunday tezlik bilan
ipga parallel yo'nalishda harakatlanadi. Zaryadga ip tomonidan ta’sir
etuvchi kuchni toping.
19. Zaryad qanday xususiyatlarga ega?
20. Nisbiylik nazariyasida absolyut qattiq jism tushunchasini kiritib bo'l-
masligini tushuntiring.
21. Elektromagnit maydondagi zaryad uchun ta’sir integrali nimalarga aso
san yozildi?
22. Elektromagnit maydondagi zaryad uchun ta’sir integralini 3- va 4 - o'l-
chovli ko'rinishda yozing.
23. Elektromagnit maydondagi zaryad uchun Lagranj funksiyasini yozingj
v holni ko'rib chiqing.
24. Elektromagnit maydondagi zaryad uchun Gamilton funksiyasini yozing.
p me holni ko'rib chiqing.
25. Maydonda harakatlanayotgan zaryad harakat tenglamasini yozing.
26. Zaryadga ta’sir etuvchi Lorentz kuchi qanday qismlardan iborat?
27. Elektr va magnit maydon nazariyaga qanday yo'sinda kiritiladi?
28. Zaryadni ko'chirishda faqat elektr maydon ish bajaradi. Sababini tu
shuntiring.
29. Elektromagnit maydon tenzorini yozing. U qanday xossalarga ega?
30. Zaryadning harakat tenglamasini 4-o'lchovli ko'rinishda yozing. Elek
tromagnit maydon tenzorining ko'rinishidan foydalanib, uni 3-o'lchovli
ko'rinishga o'tkazing.
31. Maydon potensiallari uchun to'g'ri va teskari Lorentz almashtirish for-
mulalarini yozing.
32. Maydon kuchlanganliklari uchun Lorentz almashtirishlarini yozing.