Qish paytida 40
0
li kenglikda harorat minus 50
o
dan, 60
o
li kenglikda esa minus 80
o
–
90
o
dan ortmaydi. Mars sirtining minimal temperaturasi – 125
o
dap pastga tushmaydi.
Mirrixning atmosferasi “tuni” - juda siyrak bo`lib, sirtida o`rtacha bosim 6,1
millibar (1 bar taxminan 1 atmosfera), ya`ni dengiz
sathidagi Yerning atmosfera
bosimidan qariyb 160 marta siyrak. Biroq planetaga tegishli aniq ma`lumotlar “Mars”
va “Mariner”, “Viking” (AQSH) tipidagi planetalararo avtomatik stantsiyalar
yordamida qo`lga kiritildi. Ma`lum bo`lishicha, Marsning “tuni” 95% karbonat
angidriddan, 2,5% azot, 1,5 - 2,0 % argondan va juda kam miqdordagi kislorod (0,2%)
va suv bug`idan (0,1%) tashkil topgan ekan. Teleskop yordamida Marsning qutblarida
juda qadimdan kuzatiladigan oq “Qalpoq” lari, yangi yillarga qadar “urush xudosi”
niig asosiy jumboqlaridan hisoblanardi.
Qizigi shundaki, bu “Qalpoqlar”, Yerning
shimoliy va janubiy qutblarida kuzatiladigan shimoliy muz okeani va antraktidaga juda
o`xshab ketadi.
Qishda ularning egallagan maydoni ortib, shimoliy yarim sharda 62
gradusli
kenglikkacha, janubiy yarimsharda esa - 55 gradusgacha bostirib keladi. Shuni
unutmaslik kerakki, qish har ikkala yarim sharda bir vaqtda bo`lmay, Еrdagidek, bir -
biridan yarim yilga (Mars yili bilan) farq qiladi. So`ngra
bahor boshlanishi bilan
“Qalpoq” larning keskin erishi boshlanadi va yozda ulardan aytarli iz qolmaydi.
Maxsus usullar yordamida “qutb Qalpoqlari” ni o`rganish, ular muz xolatdagi
karbonat angidrid ekanini ma`lum qildi. Keyinchalik kosmik apparatlar, Mars
qutblarida
temperatura, karbonat angidridining 6,1 bar bosimda kondensatsiyali
temperaturasiga (1250C) Yaqin ekanligini aniqlash bilan Yuqoridagi fikrni tasdiqladi.
Planeta atmosferasining tarkibi aniqlangach, “Qutb Qalpoqlari”
ning sayyora
atmosferasining fizikasida roli katta ekanligi ma`lum bo`ldi. Chunonchi bahorda “Qutb
Qalpoq” larining kuchli erishi va bug`lanishi hisobiga qutb tepasida atmosferaga juda
ko`p miqdorda karbonat angidrid uloqtirilib, bosimni keskin ortishiga sabab bo`ladi.
Oqibatda kuchli shamol vujudga kelib, u juda katta gaz massasini janubiy yarim sharga
olib o`tadi. Garchi bunda shamolning tezligi sekundiga taxminan 10 metrni tashkil
etsada, fasliy o`zgarishlar bilan bog`liq jarayonlar tezligi, ayrim hollarda sekundiga 70
- 100 metrgacha boradigan kuchli shamolni vujudga keltiradi. Bunday shamol ta`sirida
100 millionlab tonna chang atmosferaga ko`tariladi. 1971 yili xuddi shu xildagi bo`ron
ko`tarilib, “urush xudosi” sirtini paranji misol bizdan to`sdi. Bu davrda ko`tarilgan va
butun planeta diskini qoplagan qizg`ish chang bulutlari xatto “qutb Qalpoqlari” ni ham
ko`rishga imkon bermadi. 1971 yil dekabrida sobiq sovet ittifoqining - “Mars-3” va
AQSH ning “Mariner-9” kosmik apparatlari bo`ron ayni “quturgan”
paytda
sayyoraning ko`rinishlarini aks qiluvchi rasmlarni oldi.
Marsning rel`efi bir - biridan keskin farqlanuvchi rayonlardan iborat bo`lib, bular
ichida juda katta maydonni kraterlar egallaydi.
Tashqi sayyoralar: Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton.
Dostları ilə paylaş: