Noyob va radioaktiv metallar rudalarni qazish va qayta ishlash


Ko`llarning rivojlanish bosqichlari



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/155
tarix25.11.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#134495
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   155
Geologiya majmua

Ko`llarning rivojlanish bosqichlari.
Ko`l va daryo yotqiziqlari sekin-asta 
to`planib, ko`l kotlovinalarining shaklini o`zgartiradi. 
Ko`lning rivojlanishi quyidagi bosqichlardan iborat: 
1. Yoshlik davri. Bu davrda ko`l yotqiziqlari ko`lning shakliga bilinarli darajada 
ta`sir qilmaydi. Ko`lda hosil bo`ladigan daryo allyuviysi bilan ko`l yotqiziqlari 
aralashib hali ko`lning rel`efini o`zgartira olmaydi. 


2. Еtuklik davri - daryo allyuviylari ko`lda to`planib, qirg`oq bo`yi sayozligini 
hosil qiladi; daryoning yirik Cho`kindilari esa, quyar joyida to`planib, del`ta
yotqiziqlarini hosil qiladi; daryo loyqalari esa ko`l tagiga cho`kib, uning rel`efini 
tekislaydi; lekin bunda ko`l o`zining oldingi shaklini butunlay yo`qotmaydi. 
3. Keksalik davri - hamma erni allyuviy egallaydi, ko`l kotlovinasi Cho`kindilar 
bilan to`lib, yo`qolib ketadi. Ko`lning tagida loyqa va yirik allyuviy to`planadi. Ko`l 
sharoitiga moslashgan o`simliklar uning qirg`og`ida ko`payib boradi. 
4. Kuchsiz davri. Ko`l bu davrda ko`lmakka aylanadi. Ko`lning markaziy qismi 
loyqaga to`lib qoladi va hattoki qirg`oq sayozligi bilan tenglashadi. Ko`l qirg`oqlari
qirg`oq bo`yi qiyaliklariga aylanadi. Ko`l juda sayozlashib qoladi, hamma yerida 
qirg`oq bo`yi florasi taraqqiy etadi. 
5. Botqoqlikka aylanish davri. Ko`l loyqa bosishi va o`simliklar qoplashi natijasida 
sayozlanadi, ko`l florasi botqoq o`simliklariga o`z o`rnini beradi. Bu esa ko`lning 
ko`lmakka aylanganligini xarakterlaydi. O`z-o`zidan ma`lumki, hamma sayoz ko`llar 
yoki botqoqliklar ko`lning oxirgi bosqichi ekanligidan dalolat bermaydi, ular o`z 
holicha mustaqil holda ham hosil bo`lishlari mumkin, lekin agar ayrim sabablar uning 
normal rivojlanishiga ta`sir ko`rsatmasa, har qanday ko`l ertami-kechmi botqoqlikka 
yoki sayoz ko`lga aylanadi. 
Shunday qilib, ko`l rivojlanishining oxirgi bosqichi botqoqliklar bo`lib, bu 
to`g`rida alohida to`xtalib o`tamiz. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin