Noyob va radioaktiv metallar rudalarni qazish va qayta ishlash



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/155
tarix25.11.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#134495
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   155
Geologiya majmua

Uran - “Yonbosh” planeta 
Uran sayyorasi, aslida muzikachi, keyinchalik mashxur astronom darajasiga 
ko`tarilgan V. Gershel` tomonidan 1781 yili tasodifan topildi. Ma`lum bo`lishicha, 
planeta ochilgunga qadar, qariyb yuz yilcha ilgaridan kuzatilib kelingan ekan. Biroq 
astronomlar unga xar doim xira yulduz deb qarab, ortiqcha e`tibor bermagan ekanlar. 
Planeta orbitasini birinchi bo`lib Peterburg akademigi A.I. Veksel` hisobladi. 
Uranning diamepri 49 ming 600 kilometr bo`lib, massasi Еrnikidan 14.6 marta 
kattalik qiladi, o`rtacha zichligi 1,60 g/sm
3
. Bu sayyora Quyoshdan o`rtacha 19,2 
astronomik birlik masofada uning atrofida aylanadi. Planeta diski (gardishi) ni ko`rish 
uchun, uni kam deganda, 100 martacha kattalashtiruvchi teleskopda kuzatish zarur 
bo`ladi. 
Uranning orbital tezligi sekundiga 6,8 kilometrni tashkil qiladi va Quyosh atrofida 
84 yilda bir marta aylanib chiqadi. Biroq, u o`z o`qi atrofida nisbatan tez aylanadi. 
Sutkasining uzunligi 10 soatu 49 minut. Garchi planeta sirti detallarini ko`rib 


bo`lmasada, davriy ravishda bu sayyora sirti ravshanligining o`zgarib turishi yaqqol 
seziladi.
1977 yilning 10 martida Uranning hayotiga tegishli fizik bir yangilik ochildi: uning 
atrofida ham, Saturn atrofidagi kabi, xalqa topildi. Bu kun amerikalik yosh astronom 
olimlardan YA. Elliot, E. Danxem va D. Minklar “uchar observatoriya” deb nom olgan 
maxsus samolyotga o`rnatilgan teleskop orqali Uranni Sao 158687 deb nomlangan 
yulduzni bekitib o`tishini kuzatdilar. Kutilmaganda, yulduzning Uran bilan tutilishiga 
40 minut qolganda, uning ravshanligi keskin kamayib, bir necha sekunddan so`ng 
dastlabki xolatiga kelgan. Shundan so`ng planeta yulduzni to`sgunga qadar bunday xol 
yana to`rt marta qaytarilgan va nixoyat, yulduzning planeta diski bilan to`silishi 25 
minutcha davom etgach, yana navbat bilan yulduzning ravshanligi besh marta kamayib 
oldingi xolatiga kelgan. Kuzatuvchilar bunday xodisaning sababchisi, Uran atrofida 
birin - ketin beshta xalka joylashganligidan deb to`g`ri faxmladilar. 
1986 yilning 24 yanvarida AQSH ning “voyajer-2” planetalararo avtomatik 
stantsiyasi esa, Yerdan jo`naganidan 8 yarim yil keyin Uran sayyorasidan 81 ming 200 
kilometr naridan o`tayotib, u haqida qiziq ma`lumotlar to`pladi. Uning “aytishicha”, 
planeta atmosferasining asosiy qismi molekulyar vodoroddan iborat bo`lib, uning ustki 
qismini atomlar vodorodli “toj” bezaydi.
Neptun 
“Qalam uchida topilgan sayyora” 1820 yilga qadar Quyosh oilasi asosan quyidagi 
ettita sayyora: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn va Uran hamda ularning 
yo`ldoshlaridan tashkil topgan deb qaralardi. 
1820 yili parijlik astronom A. Buvar, Yupiter, Saturn va Uranlarning kordinatalari 
jadvalini juda katta aniqlik bilan hisobladi. Biroq o`n yil o`tgach, Uran oldindan 
hisoblangan o`z o`rnidan 200 sekundli yoyga ilgarilab ketdi. Yana o`n yil o`tgach, 
ilgarilash 90 sekundga, 1846 yilga kelib esa 128 sekundga etdi. Osmon mexanikasi, 
nazariy hisoblashlar bilan praktika orasida bu qadar katta farq chiqishiga yo`l 
qo`ymasligi kerak edi. Astronomlar, Uranning harakatidagi bu chetlashish, uning 
orbitasidan tashqaridagi boshqa planetaning ta`siri tufayli degan qarorga keldilar. 
Bunday murakkab matematik masalani hal qilish uchun bir vaqtda bir-birlaridan 
bexabar xolda ikki astronom “bel bog`ladi”. qizig`i shundaki, Neptunning ochilishidan 
ancha ilgari 1795 yili 8 va 10 mayda - ikki marta astronom Laland kuzatdi. Biroq 
o`shanda u planetani xira bir yulduz deb o`ylab, bu ikki kunda olingan foto 
plastinkalarda kuzatilgan sayyora siljishini - o`lchashning xatoligidan deb tushundi. 
Agar o`shanda Laland xulosa qilishga shoshilmay, bir - ikki kun bu “xira yulduzcha” 
ni e`tibor bilan kuzatganda edi, u Neptunni Lever`e va Galledan yarim asr oldin topgan 
bo`lardi. 
Neptun Urandan birozgina katta bo`lib, uning diametri 50 ming 100 kilometrdir. 
Zichligi 1 kub santimetrida 1,6 gramm. Quyoshdan o`rtacha uzoqligi 30,1 astronomik 
birlik. Massasi ernikidan 17,2 marta katta. Planetaning orbital tezligi sekundiga 5,5 
kilometr bo`lib, Quyosh atrofida aylanish davri 164 yilu 280 kun. O`z o`qi atrofida 
Neptun 15,8 soatda bir marta aylanib chiqadi. Spektroskopik kuzatishlar, Neptunda 
vodorod va metan borligini ma`lum qildi. Shuningdek, sayyoraning bu yirik yo`ldoshi 
anchayin qalin atmosfera bilan ham qoplangan deb faraz qilinadi. 


1949 yil planetaning yana bir yo`ldoshi Koypeo topdi va unga qadimgi greklarning 
sevimli xudosa Nerey qizining nomi - nereida berildi, uning diametri atiga 300 
kilometr. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin