Noyob va radioaktiv metallar rudalarni qazish va qayta ishlash


III. KIMYOVIY YO`L BILAN HOSIL BO`LGAN JINSLAR



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/155
tarix25.11.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#134495
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   155
Geologiya majmua

III. KIMYOVIY YO`L BILAN HOSIL BO`LGAN JINSLAR
Osh tuzi 
Natriy bilan xlor birikmasi Kristallari kub shaklida, shaffof, 
rangsiz, ba`zan kulrang sarg`ish, 
qizil va boshqa tuslarda bo`ladi. 
Sho`r, suvda osonlikcha eriydi.
Gips 
Kaltsiy tuzining suvli 
oltingugurt kislota 
birikmasi. 
Shaffof tiniq yoki bir oz bo`yalgan 
ipaksimon bo`lib, tola tola massa 
va 
uzun 
kristallar 
shaklida 
uchraydi. Qattiqligi 2. 
Oxak tufi 
Karbonat angidridli ohak 
Kristallangan yoki bo`sh, kovakli 
tuproqsimon 
jins. 
Barglarning 
tamg`alari juda ko`p uchraydi 
(shox-shabba, 
chig`anoqlar 
va 
boshqalar) 
Qo`ng`ir temir 
Qattiq temir suvli oksid 
Qattiq 
tuproqsimon 
massa, 
konkrektsiyalar, 
sumalaksimon 
shaklda uchraydi. Rangi och sariq 
qo`ng`ir qizil bo`ladi. Deyarli 
qoragacha.
Kremniy tufi 
Suvli kremnezem 
Ko`rinishidan 
ohak 
tufiga 
o`xshaydi. 
NAZORAT SAVOLLARI 
1. Cho`kindi tog` jinslari deb nimaga aytiladi? 
2. Cho`kindi jinslarning hosil bo`lishi va o`zgarish jarayonlari qanday bosqichlarni 
o`z ichiga oladi? 
3. Cho`kmalarning hosil bo`lish sharoiti qanday omillar bilan belgilanadi? 
4.
Cho`kindi jinslarining asosiy xususiyatlarini tushuntirib bering?
5.
Kimyoviy yo`l bilan paydo bo`ladigan cho`kindi jinslar necha guruhga bo`linadi? 


8-AMALIY ISHI
METAMORFIK TOG` JINSLARINI O`RGANISH 
 
Ishdan maqsad: 
Metamorfik tog` jinslarini laboratoriya sharoitida o`rganish va 
ularning namunalari bilan tanishish. 
 
Umumiy tushuncha: 
Metamorfik tog` jinslari magmatik, vulkanogen va cho`kindi jinslarni yer 
qobig`ining chuqur zonalarida yuqori temperatura va bosim ta`sirida (eritma o`tmagan 
holda) tubdan o`zgarishi natijasida hosil bo`ladi. Magmatik jinslardan hosil bo`lganlarini 
orto jinslar, cho`kindilardan esa para jinslar deb yuritiladi.
Tog` jinslari metamorfizmning sabablari: yuqori bosim; yuqori tempiratura; 
moddalarning olib kelinishi va olib ketilishi.
Metamorfik jinslarning muhim jins yaratuvchisi minerallariga dala shpatlari
slyuda, amfibollar, piroksenlar, xlorit, talk, serpentin, anor-toshlar (granatalar), kaltsit, 
dolomit, kvarts, grafit va boshqalar kiradi. 
Metamorfik jinslarning muhim makrostrukturasi kristallik bo`lib, unga ayniqsa 
bargsimon, tangasimon, ignasimon, taxtasimon, oynasimon yashirin kristallilar xosdir. 
Donachalarini katta-kachikligiga qarab katta (1mm dan katta), o`rta (0,25-1mm) va 
mayda (0,25mm dan kam) bo`ladi.
Metamorfik jinslarning muhim makrostrukturasi oriyentirlangan tekstura bo`lib 
u slanetslangan, jim-jima, gneysimon yoki yo`l-yo`l va uzun yo`nalgan, shuningdek 
yaxlit (massiv) bo`ladi. 
Regional metomorfizmga yuqori bosim va yuqori temperatura ta`sirida 
birlamchi jinslarning qaytadan o`zgarishi xarakterli bo`lib, bunda jinslar qattiq holatda 
ximiyaviy tarkibini o`zgartirmasdan qaytadan kristallanadi va natijada kristalangan 
struktura va oriyentirlangan tekstura vujudga keladi.
Kontakt metamorfizmiga yuqori temperatura va magmatik intruziyadagi ajrab 
chiqqan uchuvchi komponent va gidrotermalar ta`sirida dastlabki jinslarni qattiq holatda 
qayta kristallanishi va ximik tarkibini o`zgartirishi xosdir. Kontakt metamorfizimining 
termal kichik tipida hosil bo`lgan jinslariga-rogoviklar, kvartsitlar, marmerlar kiradi.
Kontakt metamorfizmning metasamatik kichik tipida hosil bo`lgan jinslariga 
skarnlar va serpentinitlar kiradi.



Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin