Paleozoy gruxi va erasi
Paleozoy guruxining davomiyligi 570 mln. yil atrofida. Paleozoy davrida intensiv
tog` hosil bo`lish harakatlari, ya`ni burmalanishlar sodir bo`lgan. Birinchisi kaledon
burmalanish davri - ordovik va silur davrlarida yuz bergan. Ikkinchisi gertsin
burmalanish davri-toshkumir va perm davrlarida yuz bergan. Paleozoy guruxi quydagi
davrlarga bo`linadi: kembriy, ordovik, silur, devon, toshkumir va perm.
Mezozoy guruxi va erasi
Yer geologik tarixining tokembriydan so`ngi ikkinchi erasi 160-170 mln. yil davom
etgan. Mezozoy davrida kimmeriy nomi bilan ma`lum bo`lgan tog` hosil bo`lish
xarakati sodir bo`lgan. Mezozoy guruxi uchta sistemaga bo`linadi: triass, yura va bur.
Yuqori burning paleogen bilan chegarasida butun kaynozoy davomida va to`rtlamchi
davrni xam qamrab oluvchi alp burmalanishiga taaluqli tog` hosi bo`lish jarayoni sodir
bo`lgan.
Kaynozoy guruxi va erasi
Yer geologik rivojlanish tarixining eng yangi erasi, uning davomiyligi 55-65 mln.
yil. Kaynozoy guruxi uchta sistemaga bo`linadi paleogen, neogen va to`rtlamchi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Islomov O.I. “Umumiy geologiya” “O`qituvchi” 1991 y.
2.
Shorahmedov Sh.SH. “Umumiy va tarixiy geologiya” “O`qituvchi” 1989 y.
3.
Qurbonov A.S. “Geologiya” “O`qituvchi” 1991 y.
4.
Yermolov V.A. i drugiye “Geologiya” Min.izd. Moskovskogo gos. Universitet:
-2004 g
5.
V.B. Toshmuhammedov . Umumiy geologiya “Noshir” Toshkent 2011 y
6-MAVZU. ENDOGEN GEOLOGIK JARAYONLAR. VULQONLAR VA
MAGMATIK TOG` JINSLARI.
Reja:
1.
Endogen geologik jarayonlar.
2.
Intruziv magmatizm mohiyati.
3.
Magma diffеrеnsiatsiyasi haqida tushuncha.
4.
Effuziv magmatizm — vulkanizm.
Endogen jarayonlarning yer qaridagi materiyaning bir formadan boshqa formaga
o`tishda uning harakati va bo`linishi natijasida yuzaga keladigan magnitizm,
metamorfizm va deformatsiya ko`rinishlarida shakillanadi. Bu jarayonlarning harakteri
va intensivligi borasida so`z borganda bevosita uning otilayotgan vulkan, zilzila, yoriq
va boshqa deformatsiyalarning yer yuzasidagi shakillanishini kuzatish lozim.
Endogen jarayonlarda materiyaning bo`linishi foydali qazilmalarni juda muhim
guruhlarini shakillanishiga (ko`pchilik metall rudalarni, slyudalarni, qimmatbaho
toshlarni va boshqalarni), shuningdek stihiyali fojia ko`rinishlarini keltirib chiqaradi,
ularni o`rganish ular bilan bog`liq bo`lgan fojialar haqida oldindan ogohlantirish
imkonini beradi. Shuning uchun endogen jarayonlarni o`rganish faqatgina ilmiy
ahamiyatga ega bo`lmasdan balki amaliy ahamiyatga ham ega.
Endogen jarayonlar chuqur yer qa`ridan chiqayotgan magmaning shakilanishi va
uning yer yuzasiga chiqishi hisobiga yer tarkibini va shaklini o`zgartiradi. Relyef ham
chuqur magmatik jinslar ham yer yuzasi sharoitiga mutloq turg`un emas. Yer qarida
shakilangan jinslar o`sha sharoitdagina turg`un bo`lib ular yer yuzasida ekzogen
jarayonlar tasirida sutkali va mavsumiy tekis turani o`zgarishi, suvning, havoning va
tirik organizmlarning mehanik va himiyaviy tasirida tezda buziladi .Natijada yer
yuzasida turg`un bo`lgan boshqa yangi moddalar shakilanadi. Birlamchi magmatik
tog` jinslarining hisobiga yuzaga keladigan ikkilamchi materiyaning yangi formalari,
yangi tog` jinslari hosil bo`ladi.
Kuzatishlardan bizga ma`lumki o`zgarish va buzilish faqatgina yer qaridan yer
yuzasiga chiqqan jinsgagina tegishli bo`lmaydi. O`zgarish yer yuzasida hosil bo`lgan
jinslarni yerning chuqirroq zonalariga tushib qolishida yuz beradi. Masalan, cho`kindi
jinslarni yer qaridan chiqayotgan magma yaqiniga ya`ni yuqori tekstura va bosim
tasiriga tushib qolishda, yoki bo`lmasa yer qobigining deformatsiyasi natijasida
temperatura va bosimning keskin o`zgarishi hisobiga o`zgaradi. Yer yuzasida
shakillangan jinslar turg`unlik holati juda past ko`rsatgichga ega, jinslarning qayta
shakilanishidan avvalgisiga o`hshamaydigan yangi jinslar hosil bo`ladi. Bu jinslar
metamorfik tog` jinslari, ularni hosil qiluvchi jarayonga metamorfizm jarayoni
deyiladi. Metamorfizm jarayoni vaqtida foydali qazilma konlari ham hosil bo`lishi
mumkin, misol uchun asbest, talk, mramorlar, ko`pchilik metallar va boshqalar.
Shunday qilib, endogen jarayonlar ya`ni ichki agentlar doimo o`zgartiradi va bir
vaqtni o`zida yangi sharoitga turg`un moddalar hosil qiladi, yer yuzasiga shakilangan
materiya yer qa`rida turginsiz holatda uchraydi, agar shu muhitga tushib qolsa ularni
qayta shakilantiradi.
|