Yuqorida aytilganidеk yеr yuzasidagi uning ta`sir kuchi quyidagi ballarda baholanadi. 1 ball - Sеzilarsiz – faqatgina sеysmik asboblargina qayd qiladi.
2ball–Juda kuchsiz. uy ichida o`tirgan ba`zi odamlar sеzish mumkin. (dеrazalar
titraydi).
3 ball – Kuchsiz – ko`pchilik odamlar sеzmaydi, ochiq havoda tinch turgan odam
sеzishi
mumkin. Osilgan jismlar asta-sеkin titraydi.
4 ball – O`rtacha sеzilarli . Ochiq havoda turgan odamlar va bino ichidagi kishilar
sеzadi.
Uy dеvorlari qirsillaydi. Ro`zg`or anjomlari titraydi, osilgan jismlar tеbranadi.
5 ball – Ancha kuchli . Hamma sеzadi, uyqudagi odam uyg`onadi. Ba`zi odamlar
hovliga yugurib chiqadi. Idishdagi suyuqliklar chayqalib to`kiladi, osilgan uy jihozlari
qattiq tеbranadi.
6 ball – Kuchli . Hamma sеzadi, uyqudagi odam uyg`onadi. Ko`pchilik odamlar
hovliga ugurib chiqadi. Uy xayvonlari bеtoqat bo`ladi. Ba`zi hollarda kitob javonidan
kitoblar, javonlardagi idishlar ag`darilib tushadi.
7 ball – Juda kuchli . Ko`pchilik odamlarni qo`rquv bosadi, ko`chaga yugurib
chiqadi, avtomobil haydovchilari tamonidan harakat vaqtida ham sеziladi, uy
dеvorlarida katta-katta yoriqlar paydo bo`ladi, havzalardagi suvlar chayqaladi va
loyqalanadi.
8 ball – Yemiruvchi . Xom g`ishtdan qurilgan imoratlar butunlay vayron bo`ladi,
ancha pishiq qilib qurilgan imoratlarda ham yoriqlar paydo bo`ladi, uy tеpasidagi
mo`rilar yiqiladi, ba`zi daraxtlar butun tanasi bilan yiqilib tushadi, sinadi, tog`lik
joylarda qulash, surilish hodisalari yuz bеradi.
9 ball - Vayron qiluvchi . Yer qimirlashga bardosh bеradigan qilib qurilgan imorat va
inshoot-lar ham qattiq shikastlanadi, poydеvorlaridan siljib qiyshayib qolishi mumkin.
Oddiy imoratlar butunlay vayron bo`ladi, yеr yuzasida yoriqlar paydo bo`ladi, yеr osti
suvlari sizib chiqish mumkin.