Noyob va radioaktiv metallar rudalarni qazish va qayta ishlash



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/155
tarix25.11.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#134495
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   155
Geologiya majmua

transgressiyasi
 
ro`y beradi va quruqlikning bir qismini suv bosadi. 
Quruqlikdan dengiz suvi qaytsa 
regressiya
 
deyiladi. 
Yer po`stining asriy tebranishi faqat dengiz sohillaridagina emas, balki 
materik ichkarisida ham kuzatiladi. Masalan, Fransiyaning ayrim joylari, Alp 
tog`larining etaklari va Boden ko`li atrofi, Shimoliy Amerikada Michigan ko`li 
sohillari, Tinch okeandagi ko`pchilik marjon orollari ham asta - sekin 
cho`kmoqda. Bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin. 
Yer po`stidagi hozirgi harakatlarni aniq o`lchashda geodezik 
asboblardan foydalaniladi. Tog` jinslari qatlamlarining yotish holatini 
o`lchash bilan epeyrogen harakatlarning yer po`stiga ko`rsatgan ta`siri 
aniqlanadi. Bunda geologik va geomorfologik kesmalar, tog`
jinslarining 
yotish shakllarining tahlili ham katta yordam beradi. 
1862-1932-yillardagi nivelirlashlarning natijalari tekshirib ko`rilganda, 
Himolay tog`lari bilan Gang daryosi o`rtasida joylashgan SHimoliy 
Hindistonning ko`p qismi bir yilda 18,2 mm ko`tarilganligi aniqlangan. 
Banoras shahrining shimoliy qismi ham eng ko`p ko`tarilganligi ma`lum. 1966 
yilgi Toshkent zilzilasidan keyingi seysmologlarning ilmiy tekshirish ishlari 
Toshkent hududining pastkam joylari (CHirchiq daryosi, Qoraqamish va 
Bo`zsuvning quyi oqimlari) cho`kayotgan bo`lsa, boshqa joylari (Anhor 
kanali o`tgan joylar, YUnusobod) ko`tarilayotganligini ko`rsatdi. 
Yer po`stining tik (vertikal) tebranma harakatidan tashqari, gorizontal 
harakati ham kuzatiladi. Masalan, Pomir tog`lari janubdan shimolga tomon 
asta-sekin yiliga 2-3 sm siljimoqda. Er tarixida va rivojlanishida 
tektonik harakatlar muttasil, lekin goh tez, goh sust kechgan. 
Neotektonik harakatlar
. Neotektonik harakatlar 40 mln. yildan buyongi 
tektonik harakatlarni o`z ichiga. Yosh tektonik xarakatlar golotsen davridan, 
ya`ni keyingi 10000 yildan boshlanadi, arxeologik va geomorfologik usullar 
yordamida o`rganiladi. Hozirgi zamon tektonik harakatlari 100 yildan 
buyongi xarakatlarga tegishli bo`lib, ular geodezik asboblar yordamida 
o`rganiladi. 
Neogen va to`rtlamchi davrlardagi tektonik harakatlarni va ular hosil 
qilgan strukturalarni geologiyaning 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin