Burmalar o`q tekis-ligining
vaziyatiga qarab
simmetrik
va
asimmetrik
burmalarga bo`linadi
(51a,b-rasmlar).
Simmetrik burmalarda o`q
tekisligi vertikal joylashgan bo`lib,
ularning
qanotlari bir xil qiyalik
burchagiga ega bo`ladi. Asimmetrik
burmalarda esa o`q tekisligi qiya
yoki gorizontal yotgan bo`lib,
qanotlari turli qiyalik burchagiga
ega bo`ladi
Asimmetrik burmalar
orasida
qiya, to`ntarilgan, yotuvchi
va
sho`ng`uvchi
turlari ajratiladi (51-b,v,g-
rasmlar).
51-rasm. Burmalarning morfologik turlari: a-simmetrik burma: b-
asimmetrik burma; v-yotuvchi burma; g-sho`ng`uvchi burma
.
Qiya burmalarda qanotlari qarama-qarshi tomonga yotgan bo`lib, uning
yotish burchagi har xil va o`q tekisligi qiya bo`ladi.To`ntarilgan burmalarda
qanotlari bir tomonga yotgan va o`q tekisligi qiya joylashgan bo`ladi.
Ularda
to`g`ri va to`ntarilgan qanotlar ajratiladi. Yotuvchi burmalarda o`q tekisligi
gorizontal yotgan bo`ladi. SHo`ng`uvchi burmalarda o`q tekisligining oldingi
qismi pastga qarab engashgan bo`ladi. Ba`zi hollarda bunday burmalarning ustki
qismi yuvilib ketishi
natijasida ularning yadrosida, shakli bo`yicha sinklinal
burmani eslatuvchi qoldiqni kuzatish mumkin. Lekin uning markazida yosh
emas, balki nisbatan qari tog` jinslari yotgan bo`ladi.
Burmalar qanotlari
orasidagi munosabatga qarab
odatdagi,
Dostları ilə paylaş: