Noyob va radioaktiv metallar rudalarni qazish va qayta ishlash



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/155
tarix25.11.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#134495
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   155
Geologiya majmua

Nazorat savollari 
1

Shamol deb nimaga aytiladi?
 
2. Shamol qanday geologik ish bajaradi? 
3. Deflyetsiya, karroziya, transportirovka, akkumulyatsiya jarayonlari qisqacha tavsif 
bering. 
4. Barxanlar dyunalardan nimasi bilan farq qiladi? 
5. Lyosli jinslar qanday xususiyatlarga ega? 
6. O`rta Osiyodagi sahro yotqiziqlarini ta`riflab bering. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
Islomov O.I. “Umumiy geologiya” “O`qituvchi” 1991 y. 
2.
Shorahmedov Sh.SH. “Umumiy va tarixiy geologiya” “O`qituvchi” 1989 y. 
3.
Qurbonov A.S. “Geologiya” “O`qituvchi” 1991 y. 
4.
V.B. Toshmuhammedov . Umumiy geologiya “Noshir” Toshkent 2011 y. 
5.
X.Chiniqulov, A.H. Jo`liyev. Umumiy geologiya Toshkent -2010 y. 


12-MAVZU: YER USTI SUVLARINING GEOLOGIK ISHI. 
Reja: 
1. Yer usti suvlarining oqimlari. 
2. Daryo vodiylarining tuzilishi. 
3. Oqar suvlarning geologic ishi. 
4.
 
Vaqtinchalik suv oqimlarining geologik ishi.
 
 
Tayanch so`zlar
: yuza suvlari, turbulent va laminar oqimlar, vaqtincha oqar 
suvlar, soylik, jar, jarlik, denudatsiya, ellyuviy, dellyuviy, prolyuvial, yoyilma, lyoss, 
sel, daryo, eroziya, daryo xavzasi. 
 
12.1. Yer ustki suvlarining oqimlari. 
 
Yer yuzasidagi oqar suvlar quruqlik denudatsiyasining eng muhim 
omillaridan biri. Suv oqimlari relefning parchalanishiga va materiklar yuzasining 
pasayishiga olib keladi. Ular atmosfera yog`in-sochinlari va qorlarning erishi 
tufayli vujudga keluvchi differensiatsiyalanmagan mayda jilg`alardan tortib to 
azim daryolar tizimigacha bo`lgan suv oqimlarini o`z ichiga oladi. 
Yer yuzasi oqim suvlarining geologik ishi suvning massasiga va uning 
oqim tezligiga bog`liq bo`ladi. Uning ishi tog` jinslarini yuvish, nurash 
mahsulotlarini tashish va yotqizishdan iborat. YUza suvlari bajarayotgan barcha 
jarayonlar va bunda hosil bo`lgan yotqiziqlar majmuasi flyuvial (lotinchada 
«flyuvios» – daryo, oqim degan ma`noni anglatadi) jinslar deyiladi. 
Nurash mahsulotlarining asosiy qismi suv oqimlari yordamida ko`chiriladi. 
Bunday oqimlar quruqlik oqimlari (daryolar, soylar) va havza oqimlaridan 
(sohilbo`yi, kontur, tranzit va turbid oqimlari) iborat bo`ladi. 
Quruqlikda suv oqimlari relef qiyaligi tufayli vujudga keladi. Bunday suv 
oqimlarining tezligi tekisliklarda 1,5-1,6 m/sek, tog`larda 5-8 m/sek gacha 
boradi. Oqim tezligining o`zgarishi o`zan kengligiga, chuqurligiga va relef 
qiyaligiga bog`liq. O`zanning torayishi oqim tezligini oshiradi. 
Suyuqlikning turli kinematik va dinamik xususiyatlariga asosan laminar va 
turbulent oqimlar ajratiladi. 
Laminar oqimlarda
oqim chiziqlari (suyuqlik zarralarining harakat 
yo`nalishi) bir-biriga parallel va bir xil tezlikda bo`ladi. Bunda oqim parallel 
qatlamlar to`plami sifatida harakatlanadi. Laminar oqimlar nisbatan sekin, asosiy 
oqimga mos kelmaydigan komponentlari amalda hisobga olinmaydigan darajada 
kichik bo`ladi. 
Turbulent oqimlarda
oqim chiziqlari buralib o`zgaruvchi uyurmalar 
tizimini tashkil etadi. Bunda o`zgaruvchi uyurmalarning yo`nalishi va tezligi 
o`rtacha arifmetik oqimnikidan farq qiladi. Boshqacha qilib aytganda, 
uyurmalarda suv massasi chapdan o`ngga, pastdan yuqoriga va aksincha 
harakatlanib, “o`ynab” oqadi. 


Turbulent oqimlarda uyurmalarning tezligi o`rtacha oqim tezligidan uncha 
farq qilmasada, butun oqimga kuchli ta`sir etadi. CHunki turbulentlik orqali 
terrigen zarralar doimo muallaq holda (gil zarralari) yoki vaqtincha muallaq 
holda (qum donalari) ko`chiriladi. 
Daryolarda turbulentlikni asosan og`irlik kuchining o`zan bo`ylab 
yo`nalgan tashkil etuvchisi - urinma vujudga keltiradi va o`zan tubining 
notekisligi orqali kuchayadi.
Turbulentlik oqimda ko`chirilayotgan zarralarning suspenziya holatida 
bo`lishiga yordam beradi. Turbulent oqimlarning siljituvchi kuchi shu tezlikdagi 
boshqa oqimlarnikiga qaraganda 3-4 marta katta bo`ladi. Bu xususiyat cho`kib 
ulgurgan zarralarni qaytadan ko`tarib, oqim suspenziyasiga qo`shishda katta 
ahamiyatga ega. CHunki cho`kib ulgurgan zarralarni o`z joyidan ko`tarib, 
ko`chirish uchun oqimning katta suruvchi kuchlanishi kerak bo`ladi. Ayniqsa, bu 
mayda plastinka shaklidagi zarralarga va yuzasi suv o`tlari bilan qoplanib 
ulgurgan yotqiziqlarga taalluqlidir. CHo`kib ulgurgan zarralarni qaytadan 
oqimga qo`shishda oqimdagi mavjud zarralarning tirnash kuchi ham katta 
ahamiyatga ega bo`ladi. 
Turbulent oqimlarda yirik bo`lakli jinslar (g`o`laklar va graviy) dumalab, 
qum donalari saltatsiya (sakrab-sakrab) yo`li bilan, alevrit va gil zarralari esa 
muallaq holda ko`chiriladi. Turbulent oqimlar laminar oqimlarga aylanib, tezligi 
susayganda yirik bo`lakli jinslar oqim o`zanida cho`kib qoladi, qum donalari 
dumalash orqali, alevrit va gil zarralari oqim tufayli, hali suspenziyada 
bo`lganligi sababli, muallaq holda ko`chiriladi. Laminar oqimlarda o`zan 
tubidagi notekisliklar cho`kindi materiallar bilan to`lib, tekislanib boradi. 
Turbulent oqimlarda esa chuqurlatish eroziyasi tufayli o`zan tubi notekisligicha 
qolaveradi. 
Laminar oqimlarning ham, turbulent oqimlarning ham cho`kindining 
sirtiga ta`siri suyuqlikning zichligi, dinamik qovushoqligi, tezligi bilan bog`liq 
bo`lgan bir qancha gidrodinamik parametrlar va suv-cho`kindi chegarasining 
geometriyasiga bog`liq. 
Suv va havo kabi har bir oquvchi muhit 
qovushoqlik
deb ataluvchi 
ishqalish kuchi tufayli vujudga keluvchi ichki qarshilikka ega bo`ladi. Suyuqlik 
yoki 
gazning 
qovushoqligi 
sekin 
harakatlanayotgan 
massaning 
tez 
harakatlanayotgan massani tormozlovchi kuchi o`lchami hisoblanadi. 
Terrigen donalarning o`lchami, solishtirma og`irligi va shakli kabi 
xususiyatlari oqimda ko`chirilishi uchun muhim omildir. Bu o`zgaruvchi 
parametrlarning umumiy samarasi oquvchi muhitning zichligi va qovushoqligi 
bilan birgalikda cho`kish tezligini belgilaydi. 
Terrigen zarralarning havoda cho`kishi suvdagiga qaraganda katta farq 
qiladi. Masalan, qum zarralarining havoda cho`kishi suvdagiga nisbatan 30-50 
marta tez sodir bo`ladi. Zarralarning o`lchami kichrayishi bilan bu farq kamayib 
boradi. 


Havoning, chuchuk va dengiz suvlarining zichligi turlichadir. Bir xil 
hajmdagi qum zarralari o`z og`irligini dengiz suvlarida ko`p, chuchuk suvlarda 
kamroq, havoda esa undan ham kam yo`qotadi. SHuning uchun ham bir 
hajmdagi og`ir va engil minerallarning cho`kish tezligi orasidagi farq havodan 
dengiz suviga qarab kamayib boradi. Bu xususiyatlari orqali terrigen zarralarning 
genezisi aniqlanadi. 
Suv oqimlari bilan ko`chiriladigan materiallarning miqdori oqimning 
tezligi, faoliyatining doimiyligi yoki vaqtinchaligiga bog`liq. Suv oqimlari bilan 
ko`chiriladigan materiallarning miqdori oqim zichligi bilan belgilanadi. Bu 
kattalik o`zgaruvchan bo`lib, ba`zi oqimlarda u juda yuqori bo`ladi. 
Suv oqimlari yil bo`yi faoliyat ko`rsatuvchi doimiy va bahor oylaridagina 
faoliyat ko`rsatuvchi vaqtinchalik suv oqimlariga bo`linadi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin