Qayirusti supalari subgorizontal tekisliklardan tarkib topgan bo`ladi; ular
o`zidan pastdagi supa yoki qayirdan zina orqali ajralgan bo`ladi, daryo tomondan
supalarning chegaralovchi qoshlar aniq ifodalangan yoki tekislangan bo`lishi
mumkin, orqa tomoni esa ustidagi zinaga qarab ko`tarilgan
yoki tub jinslarga
yondoshgan bo`ladi.Siklli va mahalliy supalar ajratiladi.
Siklli supalar
daryoning butun vodiy bo`ylab, mahalliy supalar esa uning
muayyan uchastkalarida rivojlangan bo`ladi. Supalar tog`li rayonlarda aniq
ifodalangan bo`ladi.
Siklli supalar erozion-akkumulyativ siklda
shakllanadi va quyidagi
bosqichlarni o`z ichiga oladi:
- chuqurlatish eroziyasi;
- yon eroziya;
- akkumulyasiya;
- dinamik muvozanat.
Erozion-akkumulyativ sikl davomida cho`kindi to`plangan va usti qayir
bilan qoplangan chuqurlik hosil bo`ladi. CHuqurlatish bosqichidan boshlangan
yangi erozion sikl jarayonida qayir asta-sekin supaga aylanadi.
Uning yuzasi
o`zan oqimi ta`sir zonasidan tashqarida joylashgan bo`ladi. Uning yuzasida
qoplama hosila deb ataluvchi prolyuviy, kollyuviy, soliflyuksion yotqiziqlar,
lyosslar va boshqalar to`planishi mumkin. Ularning qalinligi o`nlab metrga
boradi.
Allyuviy qalinligi va ostidagi jinslar munosabati bo`yicha akkumulyativ
(to`planish supalari), erozion (yuvilish supalari)
va erozion-akkumulyativ
(aralash) supalarga ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: