Noyob va radioaktiv metallar rudalarni qazish va qayta ishlash


Oqar suvlarning geologik ishi



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/155
tarix25.11.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#134495
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   155
Geologiya majmua

12.3. Oqar suvlarning geologik ishi 
Umuman oqar suvlarning geologik ishi ularning er yuzidagi aylanma 
harakati bilan bog`liq bo`lib, yog`in - sochin natijasida ro`y beradi. Vaqtincha 
oqar suvlar o`zansiz va o`zanli bo`lishi mumkin. YOmg`ir suvlari tub jinslar 
yuzasidagi elyuvial yotqiziqlarni qiya yonbag`irlarida emirib yuvib ketadi. Bu 
hodisa 
eroziya
 
deb ataladi. Tekis qiyaliklarda yomg`ir suvlari sidirg`asiga yuvish 
ishini olib boradi, bunda kichik ariqchalar yoki soylar vujudga kelmaydi. Nishab 
joylarda eroziya tufayli ariqchalar paydo bo`ladi. 
Yer yuzining qiyaligi ko`proq bo`lsa, tushadigan yomg`ir suvlarining 
yuvish, sidirish ishlari kuchliroq va tezroq kechadi. YOnbag`irlardagi o`simliklar 
yuvilish ishlarini kamaytirishi, unga to`sqinlik qilishi mumkin. YUmshoq tog` 
jinslardan tashkil topgan yonbag`irlar ko`proq emiriladi, eroziyaga uchraydi, 
qattiq jinslar esa asta - sekin emiriladi. O`zansiz vaqtincha oqar suvlar pirovard 
natijada yonbag`irlarda jilg`alar va soylarni vujudga keltiradi, ya`ni o`zanli 
oqadigan suvlar uchun asos yaratib beradi. O`zansiz oqar suvlarning mahsulotlari 
yaxshi saralanmagan va silliqlanmagan bo`ladi.
Dastlab yog`in-sochin suvlari er yuzasida yalpi oqim hosil qilib oqadi. 
Bunda yoppasiga yuvish kuzatiladi. Bunday jarayonlar delyuvial (latinchadan 
13.3-rasm. Zimbabvedagi Viktoriya sharsharasi. 
http://fotoart.org.ua
 


«delyuo» – yuvaman degan ma`noni anglatadi) jarayonlar, ular shakllantirgan 
yotqiziqlar esa delyuviy deyiladi. 
YUzada yoppasiga oqayotgan oqim o`zanlarga birlashadi va o`zanli oqimlarni 
hosil qiladi. 
O`zanli suv oqimlar quyidagi muhim geologik ishlarni bajaradi: 
- chuqurlatish eroziyasi (yuqori oqimda), yuvish, o`yish; 
- hosilani olib ketish (yuqori va o`rta oqimda) va emirish; 
- saralanmagan yotqiziqlarni (quyi oqimda) to`plash. 
O`zanli suv oqimlar vaqtincha va doimiy faoliyat ko`rsatuvchi turlarga 
bo`linadi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin