Noyob va radioaktiv metallar rudalarni qazish va qayta ishlash


Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/155
tarix25.11.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#134495
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   155
Geologiya majmua

 
13.2. Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi. 
Tabiatdagi suvlar, jumladan erosti suvlari nihoyatda kuchli erituvchanlik 
xususiyatiga egadir. YOmg`ir erga tushguncha chang va gazlar bilan aralashib, 
tarkibini o`zgartiradi. Oqar suvlarning bir qismi er qatlamlari ostiga shimila 
boshlaydi va har xil tarkibli jinslardan o`tib, ularni qisman eritib, o`z tarkibini 
ham o`zgartiradi. Erosti suvi tarkibiga yotqiziqlar tarkibi, ularning chuqurligi
yotish holati va boshqa omillar ham ta`sir ko`rsatadi. 
Yotqiziqlar orasidagi suvlar tarkibida erigan moddalarning miqdori juda 
xilma - xildir. Tabiatdagi barcha erosti suvlari minerallanishi jihatidan turtta 
katta guruhga bo`linadi: 1. CHuchuk suvlarning umumiy minerallanishi 1 g/l 
gacha. 2. SHo`rroq - 1 dan 10 g/l gacha. 3. SHo`r - 10 dan 50 g/l gacha. 4. O`ta 
minerallashgan suv, umumiy minerallanishi 50 g/l dan ko`p (200 - 300 g/l). 
YUqorida ko`rsatilgan guruhlar erosti suvlarining minerallanishi bir me`yorda 
bo`lmasligini ko`rsatadi. Agar 1l erosti suvida 1 g dan kam tuz bo`lsa, u ichish 
uchun yaroqli hisoblanadi. Yer osti suvlari kimyoviy tarkibining asosi bo`lib 
NSO
3
-
, SO
4
2-
, S1
-
anionlari va Sa
2+
, Mg
2+
, Na
+
kationlari sanaladi. Ularning 
nisbati erosti suvlarining ishqorliligi, qattiqligi va sho`rligini belgilaydi. 
Anionlarining ustuvorligi bo`yicha erosti suvlari: 
- gidrokarbonatli; 
- sulfatli; 


- xloridli hamda ularning gidrokarbonat-sulfat, sulfat-xloridli va boshqa 
oraliq turlari ajratiladi. 
Asosiy kationlar va anionlardan tashqari chuqurliklardagi suvli 
gorizontlarda boshqa komponentlar - brom, yod, stronsiy, litiy, radioaktiv 
elementlar, volorodsulfid, karbonat angidrit gazi bo`lishi mumkin. Bor, brom va 
yodning yuqori konsentratsiyasi neft va gaz konlaridagi erosti suvlari uchun 
xarakterli va ular sanoat tarzida ajratib olinishi mumkin. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin