Noyob va radioaktiv metallar rudalarni qazish va qayta ishlash


-rasm. AQSHdagi mineral suv bulog`i



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/155
tarix25.11.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#134495
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   155
Geologiya majmua

9-rasm. AQSHdagi mineral suv bulog`i.
 
www.fototerra.ru 


Vodorodsulfidli mineral suvlar
erkin vodorod sulfidga boyigan bo`ladi. 
Ular Sochida (Matsesta), Dog`istonda (Talgi), Latviyada (Kemeri), O`rolbo`yida 
(Ust-Kachki), Tojikistonda (Obishifo) va boshqa joylarda uchraydi. Hozirgi 
vulkanizm viloyatlarida vodorodsulfidli suvlar rivojlangan. 
Radioaktiv suvlar
radioaktiv elementlar, birinchi navbatda radiy 
emanatsiyasi – radon bilan boyigan bo`ladi. Radonli suvlar Gruziyadagi 
Sxaltubo va Oltoydagi Belokurixa kurortlarida davolash maqsadlarida keng 
qo`llaniladi. Ular hozirgi vulkanizm viloyatlarida (Kamchatka, Kuril va YApon 
orollari) ham tarqalgan. 
 
13.3. Yer osti suvlarining geologik ishi 
Uzluksiz harakatda bo`lgan erosti suvlari muayyan geologik ishlarni 
bajaradi. Ular tog` jinslarini eritadi, erigan mahsulotlarni tashiydi va ma`lum 
turdagi yotqiziqlarni hosil qiladi. 
Erosti suvlarining geologik ishida tog` jinslariga kimyoviy va mexanik 
ta`siri etakchi ahamiyatga ega. Bu jarayonlarning natijalari bo`lib karst va 
ko`chkilarning hosil bo`lishi hisoblanadi. 
Karstlanish jarayonlari.
Karst deb erosti suvlari ta`sirida darzlashgan tog` 
jinslarining erishi, erusti va erostida o`ziga xos relef shakllarini hosil qilishiga 
aytiladi. 
Suv ta`sirida yaxshi eriydigan jinslarga galoidlar (osh tuzi va kaliy tuzi), 
sulfatlar (gips va angidrit) va karbonatlar (ohaktosh va dolomit) kiradi. Tub 
jinslarning tarkibi bo`yicha tuzli, sulfatli va karbonatli karstlar ajratiladi. 
Karbonatli jinslar keng tarqalganligi tufayli karbonatli karstlar tabiatda ko`p 
uchraydi. 
Mineral va gaz komponentlarga ega bo`lgan tabiiy suvlar etarli darajada 
agressiv bo`ladi. Erosti suvlari tog` jinslaridagi darzliklarga kirib va ularni asta-
sekin eritib, karstli landshaftni shakllantiradi. Bunday landshaft Qrimda (YAyla), 
Kavkazda, O`rolda, Bolqon yarimorolida, Karpat va Alp tog`larida keng 
rivojlangan. 
Erish jarayoni erusti va erostida turli-tuman karst shakllarini hosil qiladi 
(140-rasm).
Karstlar erustida suv ta`sirida ochilib qolgan eruvchi tog` jinslari yuzasida 
rivojlanadi. Ularning orasida karrlar, ponorlar, karst voronkalari va quduqlari 
ajratiladi. 
Karrlar
tog` jinslari yuzasida jo`yaklar, chandiqlar, yoriqlar shaklidagi 
uncha chuqur bo`lmagan (bir necha santimetr) chuqurchalar majmuasidan iborat. 
Ular keng rivojlangan joylarda o`tib bo`lmaydigan karr maydoni hosil bo`ladi. 
Ponorlar
katta qiyalikdagi yoki tik quduqsimon shakldagi teshik bo`lib, u 
orqali yuza suvlari chuqurlikka oqib o`tadi. Bunday suv yutuvchi teshiklar 
odatda darzliklar o`zaro kesishgan joylarda shakllanadi. 


Karst voronkalari

er yuzasida eng keng 
tarqalgan 
karst 
shakllaridir. 
Bu 
katta 
qiyalikdagi devorlarga ega 
bo`lgan konussimon yoki 
kosasimon 
chuqurlikdir 
(141-rasm). Tik devorga 
ega bo`lgan turi karst 
qudug`i deyiladi (142-
rasm). Ularning diametri 
odatda 1 dan 5 m gacha boradi, bazan 15-20 m ni tashkil etadi. Ular tog`li 
rayonlarda ham, tekisliklarda ham uchraydi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin