Noyob va radioaktiv metallar rudalarni qazish va qayta ishlash



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/155
tarix25.11.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#134495
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   155
Geologiya majmua

Oyga sayohat
. Yerga eng Yaqin osmon jismi Oy bo`lib, u planetamizning tabiiy 
yo`ldoshidir. Oyning Yer atrofidagi orbitasi, barcha planetalarning Quyosh atrofida 
aylanish orbitasi kabi ellips (cho`zinchoq aylana) dir. Shu tufayli Oyning Yerdan 
uzoqligi bir oz o`zgarib turadi. Yerga eng Yaqin kelganda (orbitasining perigeyida) 
363400 kilometr, eng uzoqlashganda (apogeyda) esa 405400 kilometrli masofada 
bo`ladi. Oyning diametri 3476 kilometr bo`lib, uning hajmi er hajmining 100 dan ikki 
qismini tashkil qiladi. Oy sirtida tortish kuchi Yerdagidan 6 marta kam. Oy osmonda 
g`arbdan sharqqa tomon aylanib, 27 kunu 8 soatda Yer atrofini bir marta aylanib 
chiqadi. Oy o`z o`qi atrofida ham xuddi shuncha vaqtda bir marta aylanib chiqadi. 
Shuning uchun ham u bizga (ya`ni erga) doimo bir tomoni bilan ko`rinadi. Oy o`zidan 
nur chiqarmaydi, Quyoshdan o`ziga tushayotgan nurlarni qaytaradi. 
Oy sirtining yarmi Quyosh bilan yoritilgan bo`ladi. Biroq Yerdan qaraganda doimo 
oyning Quyosh bilan yoritilgan yarim sferasininghammasini ko`rishning iloji 
bo`lmaydi. Oyning Quyosh va Yerga nisbatan turishiga ko`ra, uning Quyosh bilan 
yoritilgan yuzasidan ko`proq yoki kamrog`ini ko`rish mumkin. Agar oy Quyoshni 
ro`parasiga (Yerga nisbatan) o`tsa “yangioy”, Quyoshga qarama - qarshi (Yerga 
nisbatan) tomonga o`tsa “tulinoy” bo`lib kuzatiladi. Oyda atmosfera deyarli yo`q. 
Oyning massasi Yerning massasidan 80 marta kichikdir. 
Oyga tushgan kosmonavt birinchi navbatda o`zini juda engil xis etadi. Bu 
eslatilganidek, oyning tortish kuchi kamligidandir. Kosmonavt o`z skafandri bilan 
Yerda 90 kilogramm bo`lsa, oyda atigi 15 kilogramm bo`lib qoladi. Shuningdek, oyda 
kuzatuvchi Yerda ko`nikkan ko`p xodisalardan farqli ajoyibotlarning guvohi bo`ladi. 
Avvalo, Quyosh chiqishidan oldin Yerdagi kuzatiladigan chiroyli qizilrang shafaq 
oyda kuzatilmaydi. Quyosh kutilmaganda birdan ufq ostidan ko`tarila boshlaydi. 
Quyoshning ufqdan ko`tarilishi Yerdagidek juda shoshilinch bo`lmasdan, butunlay 
chiqishiga bir soatcha vaqt ketadi. Qizigi yana shundaki, Quyosh ko`tarila boshlashi 
bilan osmonda yulduzlar yo`qolmaydi. Tim qorong`i osmonda Quyosh bilan birga 
butun kun bo`yi yulduzlar ham porlab turaveradi. Quyosh atrofida qizil rangda va 
tishlik shaklli xalqa - uning atmosferasi ko`rinadi. Protuberanetslar deb yurituvchi - 


“alanga til” lar Quyosh atmosferasida ajoyib manzarani vujudga keltiradi. Quyosh 
o`zining “toji” bilan birgalikda (Quyosh toji Yerda Quyosh tutilganida Yaxshi 
ko`rinadi) oddiy ko`zga ko`rinadigan Quyoshdan bir necha marta katta shaklda ko`zga 
tashlanadi. Oy osmonida yulduzlar, Quyosh tojining ko`rinishi va shafaqning 
ko`rinmasligining sababi, oy sirtida atmosferaning yo`qligidandir. Quyosh chiqqandan 
so`ng to tun bo`lguncha 7 kunu 9 soat vaqt ketadi. Bu soyalarda etarlicha salqin 
bo`lishining sababi, issiqni “tashuvchi” havo molekulalarning yo`qligidir. Shu tufayli 
Quyosh nurlari bevosita tushmayotgan joylarda tunning sovug`i uzoq vaqtga etadi. 
Oyga birgalashib sayohatga chiqqan kishi sherigini chaqirib ovora bo`lmasligi kerak. 
Chunki u hech qanday ovozni eshitmaydi. Tovush to`lqinlarini tashuvchi muxit ham 
havo molekulalari bo`lib, oyda u molekulalar yo`q. Buning uchun maxsus 
radioperedatchiklardan foydalanishga to`g`ri keladi.
Oy osmoning chiroyli hodisalaridan yana biri, planetamiz - Yerning ko`rinishidir. 
Oy osmonida Yer chiroyli, ko`kimtir shar shaklida ko`rinadi. Biroq yarmidan ko`pi oq 
bulutlar hosil qilgan “dog`” lardan iborat bo`ladi. Yer qit`alari bir oz yorishib, 
okeanlardan rangi bilan farq qilib turadi. Qalin Yer atmosferasi ularni alohida - alohida 
qurishga imkon beradi. yer ham osmonda oy kabi turli shakllarda (fazalarda) ko`rinadi. 
Bu holat uning Quyoshga nisbatan oyning qaysi tomonda turganiga bog`liq bo`ladi. 
Yer o`zining “to`la Yer” fazasida bo`lganda oy sirtini, “to`linoy” erni yoritgandagidan 
40 martagacha ravshanroq yoritadi. Oy osmonida “to`liq er” kuzatiladigan payt - 
Yerdan qaraganda oyning “yangioy” bo`lgan vaqtga to`g`ri keladi. Shuningdek, 
osmondagi Yer o`zri atrofida kantsentrik xalqalar shaklida to`q qizil, sariq, ko`k va 
xokazo ranglardan iborat chiroyli kamalak kuzatiladi. Agar kosmonavt oy tutilayotgan 
paytda oy satxida bo`lsa, u Quyosh tutilishini kuzatadi va bu tutilishning to`la fazasi 
Еrdagiday bir necha minutgina davom etmay, rosa bir yarim soatcha davom etadi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin